Ilmiy-tadqiqot bo’limi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Ilmiy-tadqiqot bо‘limi oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlovchi, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni va bu sohadagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Hozirgi kun institutda 198 nafar professor-о‘qituvchilar, jumladan 7 nafar fan doktori, 6 nafari professor, 33 nafar fan nomzodi hamda 17 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega bо‘lgan murabbiylar faoliyat olib bormoqda. Asosiy shtatdagi professor-о‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 32%ni tashkil etadi.

Institutda katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu jumladan, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi uchun kafedralarda hamda institutning A-blokida chet el grantlari hisobidan zamonaviy texnik jihozlar olingan shu yerda yosh tadqiqotchilar ilmiy faoliyat olib borishi uchun markaz tashkil etish rejalashtirilgan.

Institutda hozirgi kunda faqat birinchi va ikkinchi bosqichlarda katta ilmiy xodim izlanuvchilar tahsil olmoqda. Katta ilmiy xodim xodim-izlanuvchilardan 2 nafari 1- kursda va 3 nafari 2-kursda tahsil olmoqda.

Hozirgi kunda institutda 2-kursda 3 nafar va 3-kursda 4 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

2017 yil qabuli uchun doktorlik dissertatsiya mavzulari fan doktorlari tomonidan shakllantirildi, da’vogarlar rо‘yxati, mavzu annotatsiyalari bilan bazaga kiritish uchun Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qо‘mitasiga yuborildi. Ekspertizadan о‘tkazilgan mavzular Qо‘mita saytiga joylashtirilgan. 2017 yil uchun FTMQ tomonidan ajratilgan kvota 17.00.02 – Teatr san’ati va kino san’ati. Televideniye ixtisosligi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklar bо‘yicha olingan. Bugungi kunda ushbu kvota bо‘yicha KIXI va MIlar uchun matbuotda (“Xalq sо‘zi” gazetasining 2016 yil 28 sentabr soni) e’lon qilingan. Xujjatlar qabul qilish davom etmoqda.

Tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarni samarali olib borishlari uchun ularning faoliyatini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash maqsadida yetakchi olim va mutaxassislar biriktirilgan hamda ular ishtirokida seminar-trening, master-klass va ilmiy-nazariy seminar va konferensiyalar tashkil etilmoqda.

Jumladan, noyabr oyida ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” xususida О‘zR Vazirlar mahkamasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qо‘mitasi mutaxassisi, sots.f.d. SH. Sodiqova bilan uchrashuv о‘tkazish rejalashtirilgan. Dekabr oyida esa “Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirish yо‘l-yо‘riqlari va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida seminar-trening” tashkil etiladi.

2016 yil 25 oktabrda bо‘limning “Olimlar kengashi” bilan birgalikdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Unda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyat samaradorliligining ichki monitoring о‘tkazildi. Ilmiy tadqiqotchilar faoliyatining samaradorliligini oshirish, bir yil davomida olib borgan ishlari natijasini sarhisob qilish maqsadida yetuk, tajribali olimlar oldida tadqiqotchilarning hisoboti hamda taqdimoti taqdim etildi.

Dastlab 1-bosqichda tahsil oluvchi katta ilmiy xodim izlanuvchilar о‘zlarining ilmiy faoliyatlari yuzasidan hisobot berishdi. Hisobotlarda 1-bosqich tadqiqotchilari ayni damda dissertatsiya uchun manba tо‘plab, ularni saralash, rejalarini takomillashtirishga e’tibor qaratayotganliklarini aytib о‘tdilar. 2-bosqich tadqiqotchilari asosan dissertatsiya hamda nashr ishlariga katta ahamiyat qaratishayotgani kо‘zga tashlandi. Jumladan, 2-bosqich mustaqil izlanuvchisi J.Mamatqosimovning ilmiy izlanishlari yuzasidan hisobotini tinglab, “Olimlar kengashi” a’zolari, uni himoyaga tayyor ekanini qayd etib о‘tdi. Uchinchi bosqich tadqiqotchilari deyarli barchalari Nizomda kо‘rsatilgan talablar asosida ish olib borishmoqda. Kengash a’zolari tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarini keltiilgan kamchiliklarini tо‘ldirgan holda himoyaga chiqish harakatlarini kо‘rishlari lozimligini ta’kidlandi. 3-kurs mustaqil izlanuvchisi Temur Rashidovga dissertatsiyasini yakunlashi maqsadida 2016 yilning 1-30 noyabri uchun ijodiy ta’til berilgan aytildi. Shu bilan birga, 2014 yilda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini tugatgan E.Yuldashev 2016 yil oxirigacha da himoyaga chiqishi rejalashtirilgan.

Umumiy holatda KIXI va MIlar faoliyati ijobiy baholangan bо‘lsa-da, bugungi tezkor davr xususiyatlari, ilm-fandagi integratsiya talablaridan kelib chiqqan holda ular yanada faolroq bо‘lishlari lozimligi alohida qayd etildi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib ayrim kamchiliklar ham kо‘satib о‘tildi. Jumladan, ba’zi tadqiqotchilarning nashr ishlarining talab darajasida emasligi, malakaviy imtihonlarni о‘z vaqtida topshirilmaganligi va umuman material tо‘plash jarayonlarida oqsashlar mavjudligi tanqid qilindi. “Olimlar kengashi” a’zolari bugungi san’atshunoslik fanining kelajagi borasida kuyunchaklik bilan gapirdilar, mavjud kamchiliklardan kelib chiqib, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarning о‘zlariga kerakli xulosa chiqargan holda ilmiy izlanishlariga alohida ma’suliyat bilan yondoshishlari lozimligini uqtirib о‘tdilar.