Xalqaro aloqalar bo`limi

    Xalqaro aloqalar bo’limi institutning xorijiy oily ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, eng so’nggi o’quv va ilmiy tajribalarni o’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va o’qituvchi xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish va boshqaruvchi bo’limdir. Bu esa pirovardida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining xalqaro aloqalar bо‘limining asosiy yо‘nalishlari:

•Horijiy о‘quv muassasalari va san’at madaniyat, fan va ta’lim yо‘nalishidagi hamkorlar bilan koordinatsiya ishlari.

• Horijiy о‘quv muassasalari bilan hamkorlik aloqalari proyetiga tayyorgarlik

• Xalqaro hamkorlik kelishuv va shartnoma bitimlarini tadbirlarini tashkil etish

• Xalqaro delegatsiyalarni maqsadli uchrashuvlarini tashkil etish va ularni institutga tashrifi dasturini tayyorlash.

• Talabalar uchun taklif etilgan xalqaro mutaxassislarning ijodiy uchrashuvlari va mahorat darslarni tashkil etishi.

• Institut bо‘limlarining О‘zbekiston respublikasidan fan, ta’lim va madaniyat sohasidagi diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va fondlarni faoliyati haqida ahborot berish

• Institut kafedralari bilan hamkorlikda chet elga (о‘quv, stajirovka, qayta tayyorlash, malaka oshirish)

    Shu bilan birga bo’lim institutda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.Usbu bo`lim san`at va madaniyat sohasida xorijiy mamlakatlar bilan o`zaro tajriba almashishga va institut talabalrining nufuzli xalqaro ko`rik tanlivlarida ishtirok etishiga zamin yaratishga yo`naltirilgan.

    Institut talabalari xorijiy davlatlarda bo`lib o`tgan ko`rik tanlovlarda ishtirok etib nufuzli o`rinlarni egallab qaytishmoqda. Bu esa o`z navbatida, o`zbek san`ati va madaniyatining dunyo miqyosida taqdim etilishiga sharoit yaratib bermoqda. Talabalar tomonidan yaratilgan filmlar xalqaro kino festivallarda namoyish etilib turli darajadagi sovrinlarga sazovor bo`lmoqda. Bu o`z o`rnida talabalarga yanada ko`proq o`z ustida ishlashiga va samarali ijod qilishiga turtki bo`lyapdi.

    Undan tashqari institut o`qituvchilari va tadqiqotchilari dunyoning turli mamalakatlarida bo`lib o`tadigan ilmiy-ijodiy konferensiyalarda o`z ma`ruzalari bilan qatnashib qaytmoqdalar. Bunday tajriba almashinish o`qituvchlarni o`quv jarayoniga yangiliklar kiritishiga imkon bermoqda.

   О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2013 yilning 27 may kuni Belorus Respublikasining Minsk shahrida Belorus davlat madaniyat va san’at universiteti bilan xamkorlik shartnomasini imzoladi. Fan, ta’lim, san’at va madaniyat sohalarida о‘zaro hamkorlikni yо‘lga qо‘yish maqsadida imzolangan ushbu hamkorlik shartnomasi 5 yil muddatga tuzildi. Ushbu shartnoma har ikkala tomonlar о‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlik hamda о‘zaro ilmiy tadqiqotlarni, rivojlantirish, о‘qituvchi hamda talabalar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan.

    Institutimiz rektori B. Sayfullayev  va Induk Universiteti rektori doktor Li Vukvon2014 yilning 21 fevral kuni Institutimizga Koreya Respublikasidagi Induk Universiteti rektori doktor Li Vukvon tashrif buyurdi. Institut rektori B. Sayfullayev va Induk Universiteti rektori doktor Li Vukvon о‘rtasida bо‘lib о‘tgan uchrashuv natijasida Kelishuv shartnomasi imzolandi. Unda ikki institut о‘rtasida ta’lim sohasida о‘zaro tajriba almashish va kelajakda hamkorlikda san’at va madaniyat sohasini rivojlantirish borasida chora-tadbirlar kо‘rish masalalari qayd etildi.

    О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori B. Sayfullayev 2014 yilning 14 fevral kuni Koreya Milliy san’at universiteti rektori Bong Riol Kim tomonidan 2014 yilning 6 yanvar kuni imzolanib yuborilgan Hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu shartnoma ikki institut о‘rtasida fan, ta’lim, san’at va madaniyat sohalarida о‘zaro hamkorlikni yо‘lga qо‘yish maqsadida tuzildi.

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan 2015 y. iyun oy davrga kelib 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari о‘rnatildi. Kо‘rsatilgan (Belorussiya va Koreya) о‘quv muassasalaridan tashqari hamkorlik aloqalari:

•  Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti (Ozarbayjon);

• Rezeknen oliy maktabi (Latviya);

• Gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinemotografiya instituti (Rossiya);

• Moskva davlat madaniyat instituti (Rossiya);

• Sankt-Peterburg teatr san’ati akademiyasi (Rossiya);

• Qozon davlat madaniyat va san’at universiteti (Rossiya);

• Chelyabinsk davlat madanyat va san’at akademiyasi (Rossiya);