Axborot texnologiyalari markazi

    Institut tashkiliy tizimi qismlaridan biri bо‘lgan Axborot texnologiyalari markazi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 dagi 230-sonli qarori, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 25.01.2001 yil 23-sonli “OО‘MTV ta’lim muassasalarida Axborot texnologiyalari va masofadan о‘qitish markazlari tashkil etish tо‘g‘risida” gi buyrug‘iga binoan tashkil etilgan.
 
   Markaz О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga; vazirliklar va yuqori tashkilotlarning meyoriy hujjatlariga; mehnatni tashkil etishning, mehnat xavfsizligi, elektr xafsizligi, yong‘in xafsizligi qoidalari va meyorlariga; institut ustaviga; Markaz tо‘g‘risidagi koidalar; institut rektorining buyruq va kо‘rsatmalariga asoslanib faoliyat yuritadi.

    Markazning faoliyatini belgilab beruvchi strategik yо‘nalish sifatida institutning kompyuter va informatsion infrastrukturasini tashkil etishni, ta’lim jarayonida Axborot texnologiyalar va masofadan о‘qitish tizimini joriy etish vazifalarini kо‘rsatish lozim.

    Markazga Toshkent davlat madaniyat instituti va Robert Gordon universiteti magistri Maksim Savochkin rahbarlik qiladi.

    Yangi institut binolarining qurilishi va ta’mirlanishi jarayoni tugallangach, institutda bugungi davr talabiga javob beruvchi axborot-kommunikatsiya infratuzilma tashkil qilindi. Hozirgi kunda institutning tо‘rtta binosiga о‘rnatilgan 200 ta zamonaviy kompyuter maxsus jihozlangan server xonalariga joylashgan 4 ta server yordamida boshqariladi. Barcha kompyuterlar institutning lokal tizimiga ulangan. Lokal tizim  yordamida esa kompyuterlar internet tizimiga bemalol ulanish imkoniga egadirlar.

    Institut “Milliy ta’lim tarmog‘i” loyihasi qatnashchisi sifatida respublika oliy о‘quv yurtlarining korporativ tizimiga ulanish imkoniga ega.

    Markaz xodimlari institut о‘quv-boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi axborot-kommunikatsiya faoliyatni texnik-uslubiy jihatdan kuzatib, bu jarayonning izchil, samarali bо‘lishini ta’minlaydilar. Markaz mutaxassislari ishtirokida axborot-resurs markazi faoliyatini avtomatizatsiyalash jarayoni amalga oshirilmoqda. Institut professor-о‘qituvchilari tayyorlagan ta’limiy vositalar markaz yordamida ZiyonET  ta’lim portaliga joylashtiriladi. Institut sayti ham markaz xodimlari tomonidan tomonidan ishlab chiqildi.

    Hozirgi kunda markaz mutaxassislari institut hujjatlari tizimini avtomatizatsiyalashtirish va о‘quv jarayoniga masofadan о‘qitish texnologiyalarini joriy etish ustida ish olib bomoqdalar.