Magistratura bo`limi
Magistratura bo`limi boshlig`i:
Abdujabbarova Musallam Lapasovna

Qabul vaqti: chorshanba soat 10:00 dan 15:00 gacha.

(+99871) 230-28-52
Magistratura bo`limi haqida:

Magistratura – aniq ixtisoslik bо‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan Bakalavriatdan keyin uning negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Magistrant – xar tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bо‘lgan yetuk insondir.

2012 yil 4 iyun, PQ-1771-sonli О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston davlat va san’at va madaniyat institutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bо‘lib, ushbu institutning tashkil etilgandan buyon shu kunga qadar, institutning Magistratura bо‘limida О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistra¬tura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» 2007 yil 10 sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samarador¬ligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan qarorlar asosida ish olib borilmoqda.

Institutda 3 ta fakultet va 18 ta kafedra mavjud bо‘lib, shundan 12 ta kafedra magistratura mutaxassisliklari tayyorlashda faoliyat kо‘rsatadi.

Magistrlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini samarali tashkil qilish maqsadida respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, viloyatlarning yetakchi korxonalari bilan hamkorlik aloqalariga e’tibor berilgan. Jumladan О‘zRFA San’atshunoslik instituti, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “О‘zbekonsert” birlashmasi, О‘zbek Milliy akademik drama teatri, О‘zbek davlat drama teatri, О‘zbekiston yoshlar teatri, Muqimiy nomidagi musiqali dramatik teatr, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi kabi muassasalar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida, talabalarning ushbu muassasalarda ilmiy-tadqiqot ishlari bо‘yicha izlanishlarini olib borishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Dissertatsiya mavzularida yuqoridagi korxonalarning faoliyatida mavjud bо‘lgan dolzarb muammolar yechimiga yо‘naltirilgan tadqiqotlar ham qamrab olingan.

Institutning barcha kafedralarida magistrlik dissertatsiyalari mavzularining banki shakllantirilgan bо‘lib, ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan va har yili madaniyat va san’at muassasalarining ilmiy-texnologik muammolaridan hamda Respublika ilmiy-tadqiqot ishlari ustuvor yо‘nalishlaridan kelib chiqqan holda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari takomillashtirilib boriladi. Barcha mutaxassislik kafedralarida dissertatsiya ishlarini bajarish hamda himoyalarni baholash bо‘yicha mezonlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, institutda “Yosh olimlar kengashi” mavjud bо‘lib, kengashga magistratura talabalari jalb qilingan. Yosh olimlar kengashining ish rejasiga asosan har oyda yuqori tajribaga ega bо‘lgan professor-о‘qituvchilar ishtirokida ilmiy-seminar soatlari о‘tkaziladi.

Magistratura bо‘limining maqsadi va vazifalari:
  • Institut magistratura bо‘limining asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash;
  • Magistratura bо‘limi joriy 2017 yilda 13 ta mutaxassislik bо‘yicha magistrlar tayyorlaydigan institutning о‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bо‘linmasi hisoblanadi;
  • Magistraturada о‘quv jarayoni tegishli magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan о‘tkazilgan hamda Oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bо‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) va о‘quv rejalari asosida tashkil etiladi;
  • О‘quv jarayonini tashkil etish, dars jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish
  • Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish
  • Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari bilan о‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini о‘zaro hamkorlikda tashkil etish
  • Magistratura talabalari bilan bog‘liq bо‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish
  • Magistratura talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish
  • Magistratura talabalarinng ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
  • Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bо‘yicha xorijiy, qо‘shni davlatlar tajribalarini о‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni о‘quv jarayoniga tadbiq qilish
Magistratura mutaxassisliklari:
  • 5A150201 - Teatr san’ati;
  • 5A150203 - San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunos);
  • 5A150301 - Aktyorlik san’ati (estrada aktyorligi san’ati);
  • 5A150401 - Rejissyorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi);
  • 5A150401 - Rejissyorlik: kino va televideniye rejissyorligi;
  • 5A151401 - Ovoz rejissyorligi (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi;
  • 5A151501 - Kinooperatorlik
  • 5A151502 - Teleoperatorlik
  • 5A151701 - Madaniyat vasan’at sohasimenejmenti
  • 5A610401 - Madaniyatshunoslik
  • 5A151601 - Xalqijodiyoti (folklor va etnografiya)
  • 5A151601 - Xalq ijodiyoti (ashula va raqs)
Bitirgan magistrlar soni:
Yillar Byudjet Kontrakt Bitiruvchilar umumiy soni
2011-2012 yy. 11 20 31
2012-2013 yy. 21 41 62
2013-2014 yy. 11 25 36
2014-2015 yy. 11 28 39
2015-2016 yy. 11 29 40
2016-2017 yy. 11 33 44
Jami 76 176 252
Magistraturaning barcha mutaxassisligi bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalariga qо‘yiladigan talablar:
  • ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bо‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi;
  • ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bо‘lishi;
  • ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil taxlil qilish;
  • milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bо‘yicha о‘z nuqtai nazarini og‘zaki va yozma bayon etishi, milliy g‘oyaning nazariy asoslarni anglagan holda «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish» bosh g‘oyasining mohiyatini hamda uning asosiy g‘oyalar bilan mutanosibligi va farqini bilish;
  • tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bо‘lishi, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bо‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olish;
  • shaxsning inson, jamiyat, atrof muhitga bо‘lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy meyorlarni kasbiy faoliyatida qо‘llay olish;
  • yangi bilimlarni mustaqil о‘zlashtira olishi, takomillashtirishi va о‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;
  • о‘zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bо‘lgan muammolarni tushunishi va ularni tahlil qilish;
  • о‘z faoliyatida meyoriy huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;
  • fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish;
  • о‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy kо‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olish;
  • ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yо‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan bо‘lishi;
  • kasbiy faoliyatda о‘zlashtirgan fanlarning asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlarni tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olish;
  • xorijiy tillardan birini ilmiy muloqot va kasbiy malaka almashish vositasi sifatida egallagan bо‘lish;
  • axborotni tо‘plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallash;
  • о‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilish;
  • axborot, bilim, ma’lumotni bir – biridan farqlash malakasiga ega bо‘lishi, axborot texnologiyalaridan foydalana olish;
  • bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish;
  • internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari va vositalariga ega bо‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash;
  • pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishi;
  • ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashish;
  • ilmiy faoliyati natijalari bо‘yicha davlat va xorijda e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash;
  • davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash malakalariga ega bо‘lishlari lozim.