Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты
Fakultet dekani:
Mamatqosimov Jahongir Abirqulovich

Qabul vaqti: dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha.

(+99871) 230-28-47
Fakultet tasarrufidagi kafedralar:
  • "Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi
  • "Folklor va etnografiya” kafedrasi
  • "Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi
  • "Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi
  • "Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi
  • "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi
  • "Musiqiy- nazariy fanlar” kafedrasi
  • "Tillar va adabiyot” kafedrasi
Fakultet qisqa tarixi

“Xalq ijodiyoti” fakulteti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 4 iyundagi “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1771-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Fakultet o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim va tarbiya sifatini takomilashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi hamda yuqori tashkilotlardan kelgan meyoriy hujjatlar va fakultet Nizomiga asosan olib boradi.

“Xalq ijodiyoti” fakulteti respublikamizning madaniyat va san’at sohalari uchun yetuk kadrlar tayyorlab beradi. Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

− Madaniyat va san’at sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash, madaniy-ma’naviy boylikni asrab-avaylash va ko‘paytirish, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan badiiy ijod mahoratini rivojlantirish;

− O‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilg‘or pedagogika, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sadoqat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
  • 5151600 – Xalq ijodiyoti (turlari bo‘yicha: ashula va raqs, folklor va etnografiya, cholg‘u jamoalariga rahbarlik, vokal jamoalariga rahbarlik);
  • 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish;
  • 5610400 – Ijtimoiy-madaniy faoliyat;
  • 5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik.
Magistratura mutaxassisliklari:
  • 5A151601 – Xalq ijodiyoti (ashula va raqs);
  • 5A151601 – Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya);
  • 5A151601 – Xalq ijodiyoti (cholg‘u jamoalariga rahbarlik);
  • 5A151701 – Madaniyat va san’at sohasi menejmenti.
Professor-о‘qituvchilar tarkibi:

Fakultetda hozirda 12 ta professor, 25 ta dotsent, 35 ta katta о‘qituvchi, 34 ta о‘qituvchi faoliyat olib boradi. Jumladan, O‘zbekiston san’at arbobi, professor Jo‘ra Shukurov, O‘zbekiston xalq hofizlari Orolmirzo Safarov, Beknazar Do‘stmurodov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar O‘lmas Rasulov, Ahmadjon Dadayev, Rustam Abdullayev, Dilmurod Islomov, Erkin Rahimov, sotsiologiya fanlari doktori, professorlar Mansur Bekmurodov, Abdusalom Umarov, falsafa fandlari doktori, professor Sayyora To‘ychiyeva, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov, filologiya fanlari doktori, professor Jappor Eshonqulov, tarix fanlari doktori, professor Adxamjon Ashirov, professorlar Karimjon Azimov, Qodir Mirzayev, O‘razali Toshmatov, Sobir Jumayev, Tohir Yo‘ldoshev, dotsentlar Sevar Malikova, Olga Vasilchenko, Mirmuhsin G‘ofurov, Sobir Turatov, Mansur Mamirov, Oygul Ahmedova, Hamza Shodiyev, Azamat Haydarov, Vaxobjon Rustamov, Manzura Yuldasheva, Dilafruz Yusupaliyeva, Zebo Qosimova, Antonina Koshelova, Musallam Abdujabborova, Aziz Xotamov, Shoira Ramazanova, Hamdamjon Ismoilov, Sevara Mahmudova, Go‘zalxon Isakova, Bekkenbauer Reimov, respublika va xorijiy tanlovlar g‘oliblari Komiljon Shermatov, Yusuf Vaxidov, Zulfiya Mo‘minova, Xurshid Beknazarov, Ayap Otegenov, Gulzoda Xudoynazarova, O‘ktam Rasulov va boshqa mutaxassislar faoliyat olib borishadi.

Elimizning sevimli san’atkorlari F.Zokirov, O.Otajonov, N.Abdullayeva, SH.Sultonov, G‘.Boytoyev, M.Xoliqov, O.Sultonov, O.Safarov, M.Azimov, F.Solixova, M.To‘xtasinov, K.Raxmonov, N.Madraximova, Z.Madraximova, G.Aminova, R.Sultonova, G.Nizomova, B.Sultonov, Qalandar baxshi, Norboy baxshi, Andrey Petrovets, V.Baramikov, I.Farmonov, L.Moskalyova, A.Aliyev, A.Qosimov, A.G‘aniyev, S.Mo‘minov, A.Sanayev, D.Ubaydullayev, T.Jabbarov, Y.Mo‘minov, Q.Madaliyev nomlari fakultet faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligini alohida ta’kidlash joizdir.

Ilmiy loyihalar:
Fakultetda 2015-2017 yillarga mо‘ljallangan quyidagi amaliy loyihalar bajarilmoqda: “
  • Barkamol avlod tarbiyasida madaniyat va aholi dam olish markazlarining zamonaviy funksiyalarini ilmiy tadqiq etish”. Loyiha rahbari professor M.Bekmurodov;
  • "Nomoddiy madaniy merosning tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlarini ta’lim tizimigi tatbiq etish”. Loyiha rahbari dotsent O.Ahmedova;
  • "Nomoddiy madaniy meros va о‘zbek folklor ijro san’ati”. Loyiha rahbari professor S.N.Yо‘ldosheva
Xalqaro hamkorlik:

Fakultet Chelyabinsk davlat madaniyat va san’at akademiyasi, Qozon davlat madaniyat instituti bilan о‘zaro hamkorlik olib boradi.

Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik:

Fakultet San’atshunoslik instituti, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, О‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, О‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, О‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Toshkent viloyat pedagogika kolleji bilan о‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Iqtidorli talabalar:

Fakultetda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari Malikabonu Narzullayeva, Veronika Volodina Nihol mukofoti sovrindori Dilshod Karimov, shuningdek, turli respublika va xorijiy tanlovlar sovrindorlari Nargiza Sagdullayeva, Muxriddin Nuriddinov kabi iqtidorli talabalar tahsil olishmoqda.

Ayni vaqtda fakultet qoshida “Chashma” folklor-etnografik ansambli, “Sayqal” ashula va raqs ansambli, “Fayzinur” xalq cholg‘ulari ansambli, “Dutorchi qizlar” ansambli va bir qancha ilmiy-ijodiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fakultetning badiiy jamoalari shahar, Respublika va xalqaro festival hamda ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Fakultet talabalarining jahon standarti talablari asosida tahsil olishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

 
Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа