“Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi hududi

    «Informatika va tabiiy fanlar» kafedrasi 2012-yil 30-avgustdagi O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti rektorining buyrug`i va institut Ilmiy kengashi qaroriga binoan tashkil topdi va kafedraning asosiy faoliyat yuritish yo’nalishlari qilib quyidagilar belgilandi: 

· barcha yo’nalishlar boyicha bakalavr talabalariga “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars berish; 

· barcha yo’nalishlar boyicha 2-3-bosqich bakalavr talabalariga “Kompyuter grafikasi” fanidan dars berish;

· barcha yo’nalishlar boyicha magistratura talabalariga “Axborot tizimlari” fanidan dars berish; 

· Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi yonalishidagi magistratura talabalariga “Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatlash” fanidan dars berish; 

· Institut professor – o’qituvchilar tarkibini “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan malakalarini oshirish. 

    Kafedra barcha yo’nalishdagi birinchi va ikkinchi kurs bakalavr talabalariga: “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan, ikkinchi va uchinchi kurs bakalavr talabalariga “Kompyuter grafikasi” fanidan darslar olib borishni ta’minlaydi. 

    Barcha yo’nalishlar boyicha birinchi bosqich magistratura talabalariga “Axborot tizimlari” kursidan, Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi yonalishidagi birinchi bosqich magistratura talabalariga “Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatlash” kursidan ma’ruza va amaliy darslar olib boradi. 

    Institut professor o’qituvchilarining kompyuter va uning texnik-dasturiy ta’minoti boyicha savodxonlik darajasini oshirish maqsadida har yili Institut ilmiy kengashi tomonidan belgilangan vaqtda “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani boyicha darslar olib boradi. 

     Shuningdek kafedra qoshida barcha yo’nalishdagi bakalavr talabalari uchun “Qiziqarli informatika” nomli to’garak faoliyat olib boradi. 

     “Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi “Xalq ijodiyoti” fakulteti qoshida faoliyat olib boruvchi umumiy kafedralar qatoridan o’rin egallaydi. Kafedra institutning “C” o’quv binosining 2-qavatida C2-6 xonada joylashgan. Kafedra tassarufida zamonaviy kompyuterlar va multimediya o’quv texnik qurilmalar bilan jixozlangan 6 ta auditoriyalar mavjud. 

    Kafedrada ilmiy pedagogik kengash ish olib boradi va u quyidagi tarkibdan iborat: 

    Rais – texnika fanlar doktori, prof. Radjabov B. Sh 

    Kotib – oqituvchi Tursuniva F.R. 

    Azolari: prof. Nuritdinov I., dots. Ibragimov R., dots. Hudayberdiyev S.A., oqituvchilar Samigova G., Alimov B., Mashrabov M. 

    Ta'lim yo'nalishi: kafedrda bakalavriat va magistraturaning barcha ta'lim yo'nalishlarida mashg'ulotlar olib boriladi. Mashg’ulotlar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazitligi tomonidan tasdiqlangan “fanning o’quv dasturi” asosida ishlab chiqilgan va institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan o’quv ishchi reja asosida olib boriladi.

     Kafedrada o'qiladigan fanlar: 

Informatika va axborot tex'nologiyalari; 

Kompyuter grafikasi; 

Multimeda tizimlari; 

Ta'limda axborot texnologiyalari; 

Fizika va elektronika asoslari; 

Zamonaviy tabiy fanlar konseptsiyasi; 

Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatlash. 

    Kafedra a'zolarining so'nggi yillarda e'lon qilgan ilmiy ishlari: So'nggi yillarda kafedra a'zolari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar respublika, MDH va chet el ilmiy-amaly konferensiyalarida, ilmiy jurnallarda e'lon qilingan. 

    Kafedra o'qituvchilarining ilmiy-ijodiy ishlari: Kafedra a'zolari tomonidan korporativ kompyuter tarmoqlarining ishonchligini baholash jarayonlarining matematik modellari, algoritmlari va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish, signallarni moslashuvchan qayta ishlash, o'quv jarayonlarini virtuallashtirish, yadro fizikasi ekologiya sohalari bo'yicha ilmiy loyihadarda qatnashib kelmoqdalar.

    Kafedraning boshqa tashkilotlar, jumladan OTM (Respublika va chet el miqyosida) aloqalari: Kafedra TATU, O'zMU, O'zFA yadro fizikasi, shuningdek Patrass universiteti (Gresiya), Antverpen telekommunikasiya maktabi (Belgiya) va boshqa Respublika va chet el ilmiy va o'quv markazlari bilan aloqada bo'lib turadi.