Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

    "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi 2003 yilda “Kasbiy pedagogik ta’lim” fakulteti tasarrufida “5140900 – kasb ta’limi” bakalavr yo'nalishining mutaxassis chiqaruvchi kafedrasi sifatida tashkil qilingan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Kasimova Zebo Xamidovna kafedraga rahbarlik qiladi. Kafedrada 2 nafar pedagogika fanlari doktori, professorlar O‘.Q.Tolipov va N.J.Isakulova, 4 nafar fan nomzodlari, dotsentlari Z.X.Kasimova, Sh.R.Samarova, A.Kosheleva, J.Fozilov (o’rindoshlik asosida), 2 nafar katta o'qituvchi: R.S.Muhammedova va T.O.Sodiqov,5 nafar o'qituvchilar: Sh.K.Mo’minov, D.X.Kasimova, J.A.Po’latov, A.T.Onorov va D.Aripova (o’rindoshlik asosida) faoliyat olib boradilar.

    Kafedrada psixologiya, pedagogika, kasbiy pedagogika, ta`lim texnologiyalari, qiyosiy pedagogika, kasb ta’limi metodikasi, ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiya va pedagogikasi, ixtisoslik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogik aksiologiya, mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasi va boshqa fanlar, magistraturada esa pedagogik texnologiyalar, boshqaruv psixologiyasi fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg'ulot darslari o'tiladi.

    Barcha fanlar boyicha namunaviy va ishchi dasturlar, o'quv-uslubiy majmualar hamda o'quv qo'llanmalarning elektron variantlari Ziyonet axborot ta’lim portaliga joylashtirilgan. Talabalar professor-o'qituvchilar tomonidan taklif qilingan o'quv materiallaridan bemalol foydalanish imkoniga ega. Mazkur ta`lim yo`nalishi bitiruvchilari madaniyat va san`at kollejlarida ishlash imkoniyatiga ega.

    Kafedra "Yoshlarda axborotlarga ratsional yondashuv ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish" nomli kompleks mavzu ustida ish olib bormoqda. Kafedra professor-o'qituvchilari doimiy tarzda ilmiy maqolalar chop etib, respublika va xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

    Kafedra o'qituvchilari bitiruvchi kurslarning bitiruv malakaviy ishlariga hamda talabalarning malakaviy amaliyotlariga rahbarlik qiladilar. Kafedra a’zolari bir necha marotaba xalqaro internet ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar. Masalan, fransuz O'rta Osiyoni o’rganish markazida "Sotsialno-kulturniye osobennosti sakralnix mest v Uzbekistane" va "Sayidi kak sotsialno-kulturniy institut", Germaniya Respublikasi elchisi rezidensiyasida "Sotsialno-religiozniye sloi sovremennix obshestv v Sentralnoy Azii" mavzuda ma’ruza, 2005 yil noyabr oyida Turkiyaning Izmir shahrida turk xalqlari sotsiologlarini birinchi xalqaro kongressida "Sotsiologicheskiy analiz sotsialno-religioznix sloyev na territorii sovremennogo Uzbekistana", 2006 yil yanvar oyida Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasida «Ranniye formi religii v rodoplemennix obshestvax» mavzusida ma’ruzalar bilan ishtirok etilgan.

    T.Sodiqov “Teoriya vospitaniya” nomli o'quv qo'llanma chop ettirdi. Kafedra mudiri Z.Kasimovaning 2009 yilda "Pedagogik mahorat asoslari" nomli o'quv qo'llamasi nashrdan chiqdi.

    Kafedrada o‘qituvchilari doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar. Yosh o'qituvchilardan, xususan, T.O.Sodikov "Akmeologiya kak odno iz napravleniy sotsiologii" mavzusida o’zining doktorlik dissertatsiya ishini olib boryapti. Bitta doktorlik ishi 2012 yil 6 aprelda himoya qilindi.

    Kafedra Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O'zbekiston jahon tillari universitetining “Siyosiy menejment va xalqaro jurnalistika” kafedrasi, Toshkent viloyat pedagogika kolleji, Respublika onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza kilish markazi, Toshkent shahrining kollej va gimnaziyalari bilan innovatsion-korporativ hamda ijodiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

    T.O.Sodikov 2005 yilda "Iste’dod" markazida malakasini oshirgan. 2010 yilda Kafedra mudiri Z.X.Kasimova O'zbekiston jahon iqtisodi va diplomatiya universitetining xalqaro muzokaralar laboratoriyasida kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirish bo'yicha malaka oshirganlar.

    Kafedra professor-o'qituvchilari, magistrantlar va institutning yosh o'qituvchilari bilan faol ish olib bormoqdalar. Kafedradagi "Yosh pedagog va psixolog" va “Shaxs kamoloti va milliy tarbiya” ilmiy to’garagi talaba va magistrlar bilan ilmiy va amaliy ish olib bormoqda. Kafedra o'qituvchilari talabalarning bo'sh vaqtlarida ham ular bilan shug’ullanishga harakat qiladilar.

    Z.X.Kasimova va J.A.Po’latovlar tomonidan 2012 yil kafedra qoshida psixologik xizmat ko’rsatish markazi nizomi tuzilib, psixologik xizmat markazi tashkil qilindi. Ushbu psixologik xizmat markazida talabalar va professor-o’qituvchilarga individual psixologik maslahatlar, prezentatsiyalar hamda psixologik treninglar o’tkazilib kelinmoqda.

    Kafedra o’qituvchilari muntazam ravishda talabalar bilan muzeylarga, teatrlarga, kutubxonalarga sayohatlar tashkil etib turadilar. Kafedra o’qituvchilari talabalar bilan San’at galereyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, milliy teatr, bolalar ijodiyoti markazi, temuriylar tarixiy muzeyiga tashrif buyurаdilar. 

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа