“Tillar va adabiyot” kafedrasi hududi

   О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 04 iyuldagi №1771-PQ-sonli О‘zbekiston davlat san’at instituti va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti negizida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “О‘zbek va jahon filologiyasi” va О‘zbekiston davlat san’at institutining “Tillar va adabiyot” negizida yangi “Tillar va adabiyot” kafedrasi tashkil bо‘ldi. Hozirgi kunda kafedrada 17 nafar professor-о‘qituvchi faoliyat yuritadi, ularning 6 nafari fan nomzodi, dotsent, 6 nafari katta о‘qituvchi, 5 nafari о‘qituvchi. Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan “О‘zbek adabiyoti”, “Jahon adabiyoti” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib boriladi, “Ingliz tili”, “Nemis tili”, “Fransuz tili”, “Rus tili”, “О‘zbek tili”, “Hozirgi о‘zbek adabiy tili”, “Terminologiya asoslari” va “Yozuv madaniyati” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlari olib boriladi.  

“Tillar va adabiyot” kafedrasi professor-о‘qituvchilari haqida ma’lumot  

1.  til 01Ramazanova Shoira Rixsibayevna” kafedra mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

2. Ismoilov Hamdamjon kafedra dotsenti,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

3. Mahmudova Sevara Irisaliyevna kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. 

4. Tugova Nelya Xamzayevnakafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. 

5. Jomonov Ravshan Oripovichkafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. 

6. Isakova Gо‘zalxon Ne’matovna kafedra katta о‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi. 

7. Tulyaganova Moxira Maxtumovna kafedra katta о‘qituvchisi. 

8. Sadikova Mukaddam Islamovnakafedra katta о‘qituvchisi. 

9. Usmonova Xumora Ahmadjonovna kafedra katta о‘qituvchisi. 

10. Rashidova Nigora Kaxxarovna kafedra katta о‘qituvchisi. 

11. Abduxalikova Dilfuza Abdumajitovna kafedra katta о‘qituvchisi. 

12. til 02Cayfullayeva Adolat Jо‘raxanovna kafedra о‘qituvchisi. 

13. Ishanbekova Nodira Rashotbekovna kafedra о‘qituvchisi. 

14. Shomuradova Dilbar Abdishukurovnakafedra о‘qituvchisi. 

15. Xoshimova Gulnoza Tulkunovna kafedra о‘qituvchisi. 

16. Shaipova Elzara Faritovnakafedra о‘qituvchisi. 

17. Li Svetlana Pavlovna kafedra о‘qituvchisi.

til 03“Tillar va adabiyot” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent SH.R.Ramazanova “Antichnaya literatura” о‘quv qо‘llanmasini, filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.O.Jomonov “О‘zbek tilida о‘zlashgan sо‘zlar va ularning imlosi” nomli ilmiy monografiyasini, filologiya fanlari nomzodi, dotsent H.Ismoilov “Jahon adabiyoti” о‘quv qо‘llanmasini, filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.I.Mahmudova “Sо‘z yasash mezonlari” о‘quv-uslubiy qо‘llanmasini, katta о‘qituvchi M.M.Tо‘laganova Madaniyat instituti talabalari uchun “Russkiy yazik” qо‘llanmasini nashrga tayyorladilar. 

Shuningdek, “Tillar va adabiyot” kafedrasi quyidagi oliy о‘quv yurtlari bilan ilmiy-ijodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘ygan: 

1. О‘zbekiston Milliy universiteti “Xorijiy filologiya” fakultetining “Tarjima nazariyasi”, “Rus tili”, “Ingliz tili” kafedralari; 

2. О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Rus va jahon adabiyoti” kafedrasi;

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi.