Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

    “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 iyundagi “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 1771-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Mazkur kafedra “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishiga qabul qilingan bakalavriat talabalari hamda “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” mutaxassisligi magistraturasi uchun mutaxassis tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. 

    Yо‘nalishlar kesimida talabalar kontingenti quyidagicha: 

    “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha 57 nafar “Ijtimoiy madaniy faoliyat” yо‘nalishi bо‘yicha 149 ta nafarni tashkil etadi. 

    Shuningdek, kafedrada “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti”, mutaxassisligi bо‘yicha 7 nafar, “Ijtimoiy madaniy faoliyatni tashkil etish” mutaxassisligi bо‘yicha 23 nafar talabalar magistratura bosqichida tahsil olishadi.

    Kafedrada 3 ta fan doktori, professorlar (M.Bekmurodov, A.Umarov, N.Aliqoriyev) 3 ta fan nomzodlari (I.Saidaxmedov, D.Muxammadiyev, D.Yusupaliyeva) 8 ta tajribali katta о‘qituvchilar ( M.Yuldasheva, R.Irmatov, V.Rustamov, A.О‘razov, N.Shaxnazarova, A.Abdullayev, E.Niyazova, B.Yuldashev) hamda 3 ta о‘qituvchi (F.Komilov, SH.Dо‘smanov, A.Turobxо‘jayev) faoliyat yuritmoqda. 

    Kafedrada madaniyat va san’at muassasalari nazariyasi va amaliyotiga doir fanlar amaliyoti bilan bog‘liq holda о‘tiladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun amaliyotda ishlovchi yirik mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb etilmoqda. Kafedrada “Madaniyat va san’at muassasalarining ma’naviy yetuk shaxs tarbiyasini takomillashtirishdagi roli” mavzuidagi kompleks ish amalga oshirilmoqda. Kafedra amaliy darslarini madaniyat va san’at muassasalarida olib boradilar. 

    Kafedrada “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish”, “Madaniyat va san’at soxasi iqtisodiyoti”, “Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati”,“ Madaniyat va san’at sohasini rejalashtirish va uslubiy rahbarlik ”, “Konsert-gastrol faoliyati asoslari” kabi fanlar о‘tiladi. Kafedra mutaxassis tayyorlash ishlarini yaxshilash uchun respublikamiz madaniyat va san’at muassasalari, muzeylar, madaniyat va istirohat bog‘lari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari asosida ish olib bormoqda. 

    Kafedra о‘qituvchilari tomonidan Boshqaruv va liderlik (2007yil), Muzeyshunoslik (2008 yil), Sotsiologiya asoslari (1995 yil), О‘zbek mentaliteti (2012 yil), Oila va ma’naviyat (2012 yil), Muzeyevedeniye (2008 yil), Hordiqshunoslik (2003 yil), Ssenariy mahorati (2008 yil), Reklama asoslari (2004 yil), Ma’naviy-ma’rifiy tashviqot uslubiyoti (2008 yil), Reklama faoliyati uslubiyoti (2010 yil), Mahallada g‘oyaviy targ‘ibot (2009 yil), Osnovi teorii rejissuri i aktyorkogo masterstva (2008 yil), Madaniyat sotsiologiyasi (2010 yil), “Milliy istiqlol g‘oyasi va asosiy tushuncha va tamoyillar (2010 yil), Ijtimoiy siyosat (2010 yil) kabi darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar tayyorlanib nashr etildi.

    Shuningdek, “Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari”, “Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati” “Prodyusserlik asoslari”, “Kommunikativ madaniyat asoslari”, “Reklamada kо‘rgazmalarni tashkil etish”, “Parkshunoslik”, “Ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi, nazariyasi va uslubiyoti” kabi darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar tayyorlash rejalashtirilgan.

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа