Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

    О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 4 iyundagi № 1771-sonli Qaroriga asosan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. Mazkur institutning “Xalq ijodiyoti” fakulteti negizida “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi о‘z faoliyatini boshlagan.

    Kafedra о‘z faoliyatini “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, respublika qonunchiligi, yuqori tashkilotlar buyruq va kо‘rsatmalari, institut va fakultet Kengashi qarorlari, kafedra ish rejalari asosida olib boradi.   

Kafedraga Sobirjon Turdibekovich Turatov mudirlik qilib kelmoqda.

    Mazkur kafedrada madaniyat va san’at sohasi, jumladan, cholg‘u ijrochiligi sohasi uchun yuqori malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlanadi.

    Ta’lim yо‘nalishlari:

5151600 – Xalq ijodiyoti (Cholg‘u jamoalariga rahbarlik)

5111000 – Kasb ta’limi (5151600 – Xalq ijodiyoti (cholg‘u jamoalariga rahbarlik)) 

Kafedrada professor-о‘qituvchilar tarkibini 2 ta professor, 4 ta dotsent, 8 ta katta о‘qituvchi, 9 ta о‘qituvchi va 4 ta yetakchi konsertmeyster hamda 4 ta konsertmeyster tashkil etadi. Professor-о‘qituvchilardan M.Matyoqubov О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi va “Dо‘stlik” ordeni nishondori, K.Shermatov, K.Mirzayevlar “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

    Kafedra professor-о‘qituvchilari respublikamizdagi barcha bayram va tadbirlarda faol ishtirok etishadi.

    Hozirda kafedraga qarashli ta’lim yо‘nalishida 48 ta talaba tahsil oladi. Shundan, 13 tasi grant, 35 tasi tо‘lov-shartnoma asosida.    

Talabalar orasida respublika kо‘rik-tanlovlari g‘oliblari va sovrindorlari mavjud.

    Kafedra San’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti bilan innovatsion hamkorlik olib boradi. Shuningdek, О‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent madaniyat kolleji, Guliston san’at kolleji, Jizzax san’at kolleji, Respublika Estrada - sirk kolleji bilan “Qо‘shma kafedra” shartnomalarini imzolagan.

    Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik, о‘quv qо‘llanma va uslubiy qо‘llanmalar nashr etilgan:

1. E.Toshmatov. “Dirijyorlik” darslik 2006 yil, 2008 yil qayta nashr qilindi;

2. B.Azimov, A.Yusupova. “Maxsus cholg‘u” о‘quv qо‘llanma, 2008 yil;

3. A.Yusupova. “Maxsus cholg‘u” о‘quv qо‘llanma, 2008 yil;

4. F.Zuparova. “Ansambl sinfi” о‘quv qо‘llanma, 2008 yil;

5. M.Inoyatov. “Dutorga oshufta kо‘ngil”  о‘quv qо‘llanma, 2007 yil; “Chamanda gul” 2008 yil;О‘zbek xalq ijodiyoti an’analari” о‘quv qо‘llanma, 2010 yil; “Oilaviy ansambllar an’anasi” о‘quv qо‘llanma, 2011 yil;  

6. S.Turatov. “Orkestr sinfi” о‘quv qо‘llanma, 2012 yil;

7. M.G‘ofurov. “Ansambl sinfi” о‘quv qо‘llanma, 2008 yil;

8. E.Toshmatov. “Maxsus cholg‘u”  (chang) о‘quv qо‘llanma, 2010 yil;

9. T. Sedix. «О‘zbekiston kompozitorlarining fortepiano uchun yozgan asarlari” о‘quv qо‘llanma, 2010 yil ;

10. M.G‘ofurov. Orkestr sinfiо‘quv qо‘llanma, 2011 yil;

11. S.Jumayev. “Jamoa ijrochiligi” о‘quv qо‘llanma, 2013 yil 

 

 

 

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа