“Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi

    2012 yilda O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti negizida “Xalq ijodiyotiva an’anaviy qo`shiqchilik” kafedrasi tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda kafedraga professor O‘rozali G’afurovich Toshmatov rahbarlik qilmoqda.

    Mazukr kafedrada tayyorlanayotgan kadrlarga quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi:

xi 01- milliy qo‘shiq ijrochiligi;

- folklor yakka qo’shiq ijrochiligi;

- folklor-etnografik jamoalari bilan ishlash uslubiyoti;

- badiiy jamoalari bilan ishlash uslubiyoti;

- folklor ijrochiligi mahorati;

- xalq o'yinlari;

- marosim va udumlarni sahnalashtirish;

- nomoddiy madaniy meros;

- cholg’u ijrochiligi; kabi predmetlardan ma’ruza, amaliy, yakka va guruhli mashg'ulotlar o'tkazilib, talabalar o'z bilimlarini oshirib, badiiy mahoratlarini amaliy hamda nazariy jihatdan mustahkamlamoqdalar.

xi 02“Xalq ijodiyoti va an’anaviy qo`shiqchilik” kafedrasi respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan badiiy jamoalar va turli madaniy-ma’rifiy muassasalar uchun “Folklor-etnografik jamoalar rahbari”, “Xalq ashula va raqs ansambli rahbari” kabi mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Bu kabi ixtisoslik va mutaxassisliklar bo‘yicha kadirlarni tayyorlashda respublikamizning taniqli mutaxassis olimlari va tajribali murabbiylari, professorlardan Nozim Qosimov, Saodat Yo‘ldosheva, Xayrulla Lutfullayev, Jo’ra Shukurov, O’razali Toshmatov, O’lmas Rasulov, dotcentlardan Orolmirzo Safarov, Ahmad Dadayev, Mansur Mamirov, Adham Ashirov, Bekhazar Do`stmurodov fil.f.n. Oygul Ahmedova, Baxtiyor Sultonov, Umida Qurbonovalar ta’lim berib kelmoqdalar. Bugungi kunda kafedrada fan doktori, professorlar, fan nomzodi, dotsentlar, katta o‘qituvchi va o‘ndan ortiq o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

    xi 03Xalqimizning ulkan ma’naviy xazinalaridan sanalmish folklor san’ati, xalq musiqa merosi va bastakorlar asarlari bilan yosh avlodni tanishtirish ularni milliy an’analarga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalash va bugungi kun jahon andozalarga mos o'quv adabiyotlar dasturlari hamda zamonaviy texnik vositalar asosida ko'zda tutilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash. “Xalq ijodiyoti va an’anaviy qo`shiqchilik ” kafedrasining tub maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu bo'lim talabalari faqat xalq ijodiyotining nazariy bilimlarini egallabgina qolmay, balki, keyinchalik respublika radio va televideniyesida «Xalq ijodi» bo'yicha dasturlar tuzuvchi rejissor, bayramlar ssenariysi tayyorlovchisi va shu yo'nalishdagi tadbirlarni uyushtiruvchi safida ham faoliyat ko'rsatuvsh uchun mahoratlarini oshirmoqdalar. Undan tashqari, mazkur bo'limni tugatganlar madaniy-ma’rifiy madaniyat bo'limlari qoshidagi xalq amaliy san’atini tashkil qilish, joylarda uyushtirilgan madaniy tadbirlarda folklor an’analaridan foydalanishda maslahatchi - referent vazifasida ishlashga hozirlik ko'rmoqdalar.  

xi 04Bugungi kunda kafedra qator badiiy jamoalar, ilmiy-tadqiqod muassasalari va xalq ijodiyoti markazlari bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda. Folklor san’ati beqiyos xazina bo'lib, ularni yoshlar shuuriga singdirish o'z xalqiga, o'z vataniga, o'z milliy an’analariga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik sharoiti tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz, ajdodlarimiz xazinasi bo'lmish boy madaniy meroslarimiz an’analarimiz tiklanayotgan hozirgi paytda sharqona odob, axloq qoidalarini, islom sharoitining axloqiy jihatlarini o'rgatishda folklor san’ati muhim ahamiyat kasb etadi.

    Kafedra pedagoglari imliy ishlar qatorida ijodiy faoliyat bilan ham shug’ullanadi. Buning natijasida ular tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar bilan bir qatorda konsert dasturlarini tayyorlab institutda va undan tashqarida, shuningdek televideniye va radio orqali muntazam ravishda chiqishlari tashkil etilmoqda, radio fondiga yangi asarlar yozilmoqda. Kafedrada yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab ular bilan alohida mashg’ulotlar o‘tkazish, ularni turli festival va tanlovlarga tayyorlash, radio, televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali targ’ib tish ishlari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.