Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

    “Musiqiy-nazariy fanlar” kafedrasi2012-yili О‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti huzurida tashkil etildi. Kafedraga san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov mudir etib tayinlandi. Shuningdek, kafedrada pedagogik faoliyat yuritish uchun san’atshunoslik fanlari nomzodlari Davlat Mullajonov, Zulfiya Murodova va Gulshanoy Tursunovalar dotsentlik lavozimiga, Ravshanoy Tursunova va Elvira Yafasovalar katta о‘qituvchi lavozimiga, Nasiba Turg‘unova о‘qituvchi lavozimiga ishga taklif etildilar.

    Kafedrada musiqiy fanlarning uch asosiy yо‘nalishi - musiqa tarixi, nazariyasi va amaliyotiga doir fanlar mujassamlangan bо‘lib dars berish uchun malakali mutaxassislar jalb etilgan. Xususan, “Jahon va о‘zbek musiqasi tarixi” va “Maqom asoslari”, о‘quv fanlaridan O.Ibrohimov va Z.Murodova, 2013 yildan esa “Musiqa asoslari”, Musiqa santi tarixi, Musiqiy asarlar tahlili kabi fanlardan dotsent SH.Ayxodjayeva, katta о‘qituvchilar D.Shukurlayeva, M.Abrorova, о‘qituvchi X.Qodirova, “Musiqa nazariyasi, solfedjio va garmoniya” fanlaridan katta о‘qituvchi E.Yafasova, R.Tursunovalar, dotsent G.Tursunovalar talabalarga saboq berib kelmoqdalar.

    Qisqa muddat ichida kafedraning ilmiy salohiyatli va tajribali о‘qituvchilari bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun jami 15 ga yaqin о‘quv fani bо‘yicha namunaviy va ishchi о‘quv dasturlari hamda shu asosda о‘quv majmualarini ishlab chiqdilar. 2013-2014 о‘quv yilidan kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib professor v.b. S.S. Jumayev tayinlandi. 

“Musiqiy-nazariy fanlar” kafedrasining professor – о‘qituvchilari tarkibi 

1. S.S.Jumayev kafedra mudiri, professor.v.b. 

2. Yafasova Elvira Usmanovna katta о‘qituvchi. 

3. Tursunova Ravshanoy katta о‘qituvchi. 

4. Qodirova Xusnida Rahmonovna о‘qituvchi. 

5.Tu rsunova Gulshanoy Artikjanovna san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent v.b. 

6. Ayxodjayeva Shaxnoza Imomxodjayevna san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent. 

7. Abrorova Moxina Fatxullayevna katta о‘qituvchi. 

8. Shukurlayeva Darina Ruslanovna о‘qituvchi. 

9. Toshmatov О‘razali G‘ofurovich professor.

    Kafedrada bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha quyidagi fanlar о‘qitiladi: 

1. Jahon va о‘zbek musiqasi tarixi 

2. Musiqa asoslari 

3. Musiqa san’ati tarixi 

4. Musiqa tarixi 

5. Musiqa nazariyasi 

6. Solfedjio 

7. Musiqa nazariyasi va solfedjio 

8. Musiqa nazariyasi, garmoniya, polifoniya 

9. Musiqiy asarlar tahlili 

10. Maqom asoslari 

11. Xalq kuylarini notalashtirish 

12. Jahon, Qoraqalpoq va О‘zbek musiqa tarixi.

13. Musiqa nazariyasi garmoniy.

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа