Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

    “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi umuminstitut kafedrasidir. Kafedraga siyosiy fanlar nomzodi Umarova Nigora Telmanovna mudirlik qiladi. Kafedraning muloqot telefoni: +99871-230-28-26. Haftaning chorshanba kunlari soat 9.00 dan 13.00 gacha kafedra mudirining qabul qiladigan kunlari etib belgilangan.

    Kafedra о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda kafedra Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi. 

    igf 01“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi Toshkent Davlat madaniyat instituti va О‘zbekiston  Davlat san’at institutlari tegishli kafedralarining birikuvi natijasida 2012 yilda tashkil topgan. Turli yillarda kafedraga X.Salohitdinov, H.Abdullayev, X.Vohidov, T.Fayziyev, M.Yusufxо‘jayev, A.Salamov, P.Niyozov, L.Yahyoyeva, U.Hasanov, SH.Akramov, U.Kerimov, M.Rahimov, A.Yunusov, S.Akobirov, E.Karimova, J.G‘aniyevlar rahbarlik qilgan. Shuningdek, professor-о‘qituvchilardan A.Zamostyaniy, R.Tregulov, N.Kachanovskiy, K.Oripov, V.Ivanov, M.Tagiyev, K.Xudoyqulova, M.Kapustin, SH.Yahyoyev kafedra tarixida muayyan iz qoldirganlar.

    “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mustaqillik yillarida  о‘zining о‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatini tubdan о‘zgartirdi. Hozirgi kunda kafedra faoliyatida zamonaviy  fanlarning yutuqlariga, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotiga tayaniladi.

    О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida bakalavriatning barcha yо‘nalishlarida va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha tahsil olayotgan talabalar quyidagi fanlardan saboq oladilar:

- О‘zbekiston tarixi

- Huquqshunoslik

- О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi

- Falsafa

- Axloqshunoslik

- Estetika

- Mantiq

- Ma’naviyat asoslari

- Dinshunoslik

- Iqtisodiyot nazariyasi

- Sotsiologiya

- Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar

- Siyosatshunoslik

- О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

- I.A.Karimov asarlarida ma’naviyat masalalari.

- Ilmiy ijod metodologiyasi

- Ma’muriy va xо‘jalik huquqi

- Milliy g‘oya: О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi.

igf 02    Yuqorida zikr etilgan barcha fanlar yangi pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanilgan holda о‘qitiladi.

    Hozirgi kunda yuridik fanlari doktori, professor M.Usmonov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z.Arislanbayeva, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.Fayziyev, tarix fanlari nomzodi Z.Isoqov, falsafa fanlari nomzodi N.Eshnayev,  katta о‘qituvchilar F.Bakayeva, N.Sharifxо‘jayeva, О‘.Mavlonov, о‘qituvchilar S.Xidirov, B.Ma’rufboyev kafedrada faoliyat yuritib, о‘quv jarayonini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, fan va amaliyotdagi yutuqlarni о‘quv jarayoniga singdirish ishlariga о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shib kelmoqdalar. Bundan tashqari falsafa fanlari doktori, professor A.Qodirov, tarix fanlari doktori, professor Z.Ishanxodjayeva, tarix fanlari doktori F.Muhitdinova, siyosiy fanlar nomzodi A.Haydarov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.Eshbekov, filologiya fanlari nomzodi R.Qо‘chqorov kabi professor-о‘qituvchilar о‘rindoshlik va soatbay asosda fanlarni о‘qitishga jalb etilgan.

    Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari «Ijtimoiy-gumanitar fanlar muammolarini tadqiq etish – jamiyatni modernizatsiyalashning muhim omili» mavzusi doirasida amalga oshiriladi. Kafedrada muntazam ravishda о‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy seminarlarda kafedra a’zolarining ilmiy ma’ruzalarini tinglash va muhokama qilish amaliyoti yо‘lga qо‘yilgan. Kafedra doirasida iqtidorli talabalarni qamrab olgan “Milliy g‘oya targ‘ibotchisi” tо‘garagi faoliyat yuritadi.

igf 03    Kafedra a’zolari tomonidan oxirgi yillarda chop etilgan ilmiy ishlar, о‘quv adabiyotlar quyidagilardan iborat:

- N.Umarova (hammualliflikda). Mafkura poligonlaridagi olishuv. T.: “Akademiya”, 2007.

- N.Umarova. Axborot xavfsizligi: muammo va yechimlar. T.: “Akademiya”, 2008.

- F.Bakayeva. Kurs ekonomicheskoy teorii. Uchebnoye posobiye. T.: 2008.

- N.Umarova (hammualliflikda). Globallashuv va axborotlashgan jamiyat muammolari. T.: “Akademiya”, 2011.

- T.Fayziyev. Atrof muhit muhofazasi. О‘quv qо‘llanma. T.: О‘zDSI, 2010.

- S.Xidirov. Vopros repertuara v iskusstve komediynix aktyorov // Voprosi gumanitarnix nauk, 2013, № 5, str. 24-26.

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа