“Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi

    Kafedra о‘z faoliyatini “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, respublika qonunchiligi, yuqori tashkilotlar buyruq va kо‘rsatmalari, institut va fakultet Kengashi qarorlari, kafedra ish rejalari asosida olib boradi.

    Mazkur kafedrada televideniye va kino san’ati sohasi, jumladan, kinoteleoperatorlik, ovoz rejissyorligi sohasi uchun yuqori malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlanadi.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari:

- 5151500 – Kinoteleoperatorlik;

- 5151400 – Kino, televideniye, radio va teatr tomoshalari ovoz rejissyorligi;

Magistratura mutaxassisliklari:

- 5A151501 – Kinooperatorlik;

- 5A151401 – Kino, televideniye, radio ovoz rejissyorligi;

    Kafedrada professor-о‘qituvchilardan 1 ta professor, 2 ta katta о‘qituvchi va 13 nafar о‘qituvchilar pedagoglik faoliyatini olib bormoqdalar. Kafedrada professor-о‘qituvchilardan professor Abduraxim Ismoilov О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti bilan, katta о‘qituvchi Zokir Atabayev esa “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.

    Kafedraga Iqbol Mamasodiqovich Meliqо‘ziyev mudirlik qilib kelmoqda.

Qabul kunlari:

Har kuni soat 14.00 – 17.00

e-mail: Diese E-Mail-Adresse ist vor Spambots geschützt! Zur Anzeige muss JavaScript eingeschaltet sein!

    Kafedra professor-о‘qituvchilari respublikamizda yaratilayotgan telekо‘rsatuvlar va badiiy filmlarda saxnalashtiruvchi-operator sifatida doimo ishtirok etib kelishmoqda va bir qator respublika va xalqaro kinofestivallarning oliy mukofotlariga sazovor bо‘lganlar.

Hozirda kafedraga qarashli ta’lim yо‘nalishida 90 ta talaba tahsil oladi.

    Talabalar orasida “Жаңы көсқарас” (Qozog‘iston), “Start” (Ozarbayjon), “Шакен жүлдыздары” (Qozog‘iston), “Diydor” (Tojikiston), “Ijodiy parvoz” (О‘zbekiston) “9-Yevroosiyo teleforumi” (Rossiya), “Berlin qisqa metrajli filmlar festivali” (Germaniya), “TV-ART” (О‘zDSI) va boshqa xalqaro va respublika kо‘rik-tanlovlari g‘oliblari va sovrindorlari mavjud.

    Kafedra О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari bilan innovatsion hamkorlik olib boradi. Shuningdek, Toshkent madaniyat kolleji,  Toshkent televideniye va radio kasb-xunar kolleji, “Qо‘shma kafedra” shartnomalarini imzolagan.

    Kafedrada bakalavr yо‘nalishi bо‘yicha “Fotokompozitsiya”, “Kinofotojarayonlar va aksessuarlar”, “Kinoteleoperatorlik mahorati va ijodiy seminar”, “Tasvirga olish mahorati”,  “Kinoapparatura va optika”, “Kino va TVda yoritish texnikasi va texnologiyasi”, “Kinovideotasvir texnologiyasi”, “Kinovideotexnika asoslari”, “Kino montaj asoslari”, “TVda elektron va kompyuter montaji”, “Maxsus va murakkab tasvirga olish”, “Tasviriy, amaliy va me’moriy san’at”, “Kompozitsiya asoslari (kino va TVda rassom ishi)” “Kinodramaturgiya va rejissura asoslari” kabi fanlardan darslar о‘tiladi.

    Magistratura yо‘nalishi bо‘yicha  “Kinoteleoperatorlik maxorati”, “Operatorlik nazariyasi”, “Montaj san’ati”, “Kino va televideniyeda tasviriy yechim”, “Ilmiy (ijodiy) pedagogik ishi”, “Ilmiy (ijodiy) tadqiqot ishi”, “Magistrlik (ijodiy malakaviy ishni) dissertatsiyasini tayyorlash”, “Kino, teleradio asbob-uskuna va jixozlar”, “Kinokadr kompozitsiyasi”  kabi fanlar о‘tiladi.

    Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik, о‘quv qо‘llanma va uslubiy qо‘llanmalar nashr etilgan:

- Умарходжаев Р.Цифровой компьютерный монтаж фонограмм, о‘қuv қо‘llanma, T.2008 yil;

Файзиев Х.С. История фотографии (3-часть),о‘quv qо‘llanma, T.2008 yil.

Исмоилов М., Исмоилов А. Специальные виды киносъемок о‘қuv қо‘llanma, T.2008 yil;

Исмоилов А.И., Меликузиев И.М.Кинофотопроцессы и аксесуары, darslik, T.2010 yil;

Melikuziyev I.M. Fotokompozitsiya, о‘quv qо‘llanma,T.2012 yil;

Xusanov SH.T. Maxsus va murakkab tasvirga olish va kompyuter maxsus effektlari tarixidan, о‘quv qо‘llanma,T.2012 yil;