“Kino rejissorligi, televideniye va radio” kafedrasi

   Ushbu kafedra “Kino, televidenie va radio sanati fakultetining asosiy kafedrasi xisoblanadi. Kafedraga sanatshunoslik fanlar nomzodi Feruza Fayziyeva mudirlik qiladi. 

    Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda kafedra Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi. 

    “Kino, televidenie va radio rejissyorligi” kafedrasi M.Uyg`ur nomli san’at institutida 1989 yilda tashkil topgan.Kafedra asoschilari O’zbekistonda xizmat ko`rsatgan san'at arbobi M.Maxamedov va pedagog M.Abdullayeva xisoblanishadi. Turli yillarda kafedraga M.Maxamedov, O.Tojiboyeva, F.Fayziyeva lar rahbarlik qilgan. Shuningdek, professor-o’qituvchilardan Sh.Maxbubov. 

    Meli Maxkamov, Q.Hakimov, E.Davidov, X.Abulqosimova, J.Teshaboyev, Sh.Qurbonboyev va boshqalar kafedra tarixida muayyan iz qoldirganlar. 

    “Kino, televidenie va radio rejissyorligi” kafedrasi mustaqillik yillarida o’zining o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatini tubdan o’zgartirdi. Hozirgi kunda kafedra faoliyatida zamonaviy fanlarning yutuqlariga, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotiga tayaniladi. 

    O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida bakalavriatning barcha yo’nalishlarida va magistratura mutaxassisliklari boyicha tahsil olayotgan talabalar kafedraga biriktirilgan quyidagi fanlardan saboq oladilar: 

1. Rejissura (kino, televidenie va radioda) 

2. Aktyorlik maxorati 

3. Kinodramaturgiya va rejissyorlik asoslari 

4. Kino, televidenie va radio maxsulotlarini ishlab chiqarish nazariyasi va amaliyoti. 

5. Ekranlashtirish amaliyoti 

6. Teleradiokompozisiya rejissurasi 

7. Kino va televidenieda badiiy bezak 

8. Kinoteleradio rejissura asoslari 

9. Televidenie va kino dramaturgiya amaliyoti 

10. Kinoning animasion va grafik asoslari 

    Yuqorida zikr etilgan barcha fanlar zamonaviy texnik jixozlar, yangi pedagogik texnologiyala rasosida, zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanilgan holda oqitiladi.

    Hozirgi kunda pedagoglar: M.Maxamedov, A.Ubaydullauev,S.Rasulov, A.Kudryavsev, U.O’rinov, M.Qoraboyev larkafedrada faoliyat yuritib, oquv jarayonini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, fan va amaliyotdagi yutuqlarni o’'`quv jarayoniga singdirish ishlariga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Bundan tashqari, M.Xamroyeva, A.Madraximov, X.Nasimov , S.Karimov kabi kino va televidenie etakchi rejissyorlari o’rindoshlik asosida fanlarni o’qitishga jalb etilgan.