“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi

    2012 – yili О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. Avvalgi О‘zbekiston Davlat san’at institutining “San’atshunoslik” hamda A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining “О‘zbekiston tarixi va madaniyatshunoslik” kafedralari qо‘shilib, yangi tizimdagi “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tuzildi. Kafedra mudiri etib san’atshunoslik fanlari doktori, professor S.M.Qodirova tayinlandi. 2013 yilning fevral oyidan boshlab san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent M. V. Ahmadjonova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 

    “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi san’atshunoslik fani va ta’limi, amaliy tanqidchilik, ommaviy axborot vositalari, badiiy-dramaturgik ijod kabi uch mutaxassislik bо‘yicha (teatrshunoslik, san’atshunoslik jurnalistikasi, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi) bakalavriat bosqichida san’atshunos kadrlar tayyorlaydi. Institutning boshqa barcha bakalavr yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha kadrlar tayyorlashda ham ishtirok etadi. Kafedra asosan о‘quv rejada tasdiqlangan umumkasbiy, ixtisoslik fanlari bloklaridagi san’at turlari, tarixiy va nazariy predmetlari bо‘yicha dars olib boradi. Shuningdek, “Madaniyatshunoslik” ixtisosligi bо‘yicha magistrantlar tahsil oladi. 

    Kafedra nazariy kafedra bо‘lib, institut qamrovida talabalarga teatr tarixi va nazariyasi, drama nazariyasi, kino, televideniye, radio, tasviriy san’at, xoreografiya va raqs, estrada tarixi, jurnalistika asoslari, aktyorlik va rejissorlik yо‘nalishlari bо‘yicha nazariy bilimlarni beradi. 

    Kafedrada bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha quyidagi fanlar о‘tiladi: Madaniyatshunoslik, jahon teatri tarixi, tasviriy san’at tarixi, drama nazariyasi, xoreografiya va raqs san’ati asoslari, jahon va о‘zbek teatri tarixi, estrada tarixi, san’at asarlari tahlili, tanqidi, targ‘ibi (ijodiy seminar), sahna asarlari tanqidi va tahlili (ijodiy seminar), dramaturgik mahorat (ijodiy seminar), jurnalistika asoslari rejissorlik va aktyorlik asoslari, jahon teatri tarixidan ijodiy seminar, kino, televideniye va radio san’ati tarixi, xalqaro munosabatlar va madaniy aloqalar, san’at jurnalistikasi, teleradio jurnalistikasi, senariynavislik mahorati, radio va teleteatr asoslari, o‘zbek teatri tarixidan ijodiy seminar, dramaturgiya tarixi, jahon va о‘zbek kinosi tarixi, senografiya va kostum tarixi, televideniye nazariyasi. 

    Kafedrada magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha quyidagi fanlar о‘tiladi: Badiiy ijod jarayonlarida san’atlarning о‘zaro ta’siri va sintezi, badiiy tanqid (tahlil) asoslari (nazariy seminar), drama va senariy asoslari, rejissura amaliy psixologiya sifatida, bolalar teatrida psixologiya va pedagogika, dramaturgiya va rejissura asoslari, О‘zbek milliy madaniyati rivojlanishining xususiyatlari, Madaniyat pedagogikasi, yangi zamon badiiy madaniyati, madaniyat nazariyasi, madaniyat sivilizatsiya, jahon madaniyati va uning dolzarb muammolari, ma’naviy qadriyatlar va milliy о‘zlikni anglashning tiklanishi, madaniyat tarixi, millatlararo munosabatlar madaniyati , madaniyatning umumbashariy muammolari, badiiy ijod jarayonlarida san’atlarning о‘zaro ta’siri va sintezi. 

    Kafedra tarkibi: 

1. Muqaddas Vahobovna Ahmadjonova – dotsentv.b., san’atshunoslik fanlari nomzodi 

2. Sarvinoz Muhsinovna Qodirova – professor, san’atshunoslik fanlari doktori 

3. Muhabbat Turobovna To’laxo’jayeva – professor, san’atshunoslik fanlari doktori 

4. Marfua Azizovna Hamidova – professor, san’atshunoslik fanlari doktori 

5. Teshaboy Bayandiyevich Bayandiyev – professor, san’atshunoslik fanlari doktori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi 

6. Ma’mur Bо‘tashayxovich Umarov – dotsent, falsafa fanlari nomzodi 

7. Qunduzxon Vaxobovna Nishonboyeva – dotsent, tarix fanlari nomzodi 

8. To’lqin Qozoqboyev – dotsent 

9. Sherali Temiraliyevich Qо’ldoshev – tarix fanlari nomzodi 

10. Sodiqova Muattar Agzamov– dotsent 

11. Sevar Malikova – dotsent, pedagogika fanlari nomzodi 

12. Faxriddin Melgaliyevich Abduvohidov – katta о‘qituvchi 

13. Gulchehra Muftizoda – katta о‘qituvchi 

14. Shoira Nusratova – о‘qituvchi 

15. Kozimxon Kaxramonovich Cagdullayev – о‘qituvchi 

16. Baxtiyor Choriyevich Yakubov – о‘qituvchi 

17. Isoqova Matluba – о‘qituvchi 

18. Shahlo Shermatovna Hamidova – о‘qituvchi

   Shuningdek, о‘rindoshlik asosida 4 ta fan doktori – J.Teshaboyev, A.Mavrulov, S.Agzamxodjayeva, M.Xamroyeva; 5 ta fan nomzodlari – O.Rizayev, Sh.Rizayev, N.Sayfullayev, N. Karimova, R. Fatxullayev; 1 ta katta о‘qituvchi – Erkin A’zam; 7 ta о‘qituvchi – G.Qodirova, U. Hoshimova, F.Qurbonova faoliyat yuritadilar. 

    Kafedra professor-о‘qituvchilarining kо‘plab darslik, о‘quv qо‘llanma va monografiyalari chop etilgan ularning ilmiy maqolalari xalqaro nashrlarda, Respublika miqyosidagi gazetalar, jurnallar, majmualarda, xalqaro, respublika konferensiyalari tо‘plamlarida e’lon qilingan. Kafedraning yetakchi a’zolari Respublika va xorijda san’atshunoslik bо‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash (fan nomzodlari) jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. 

Kafedra Qozog‘iston Respublikasi San’at akademiyasi va Qozog‘iston teatr arboblari uyushmasi bilan ilmiy-ijodiy aloqalar о‘rnatgan. 

Kafedra professor -о‘qituvchilari yangi spektakllar muhokamalari, teatrlar faoliyatlarini ilmiy-ijodiy muvofiqlashtirishda faol qatnashadilar. “О‘zbekteatr” va О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tegishli tizimlarida zarur tashkiliy-ijodiy xulosalar chiqaradilar. О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Dramaturgiya” seksiyasida faol qatnashadilar va talaba yoshlarni ham jalb etmoqdalar. Kafedra professor-о‘qituvchilari doktorlik, nomzodlik, magistrlik dissertatsiyalari va bakalavr malakaviy bitiruv ishlariga taqrizlar beradi, opponentlik va rahbarlik qiladi. 

 “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi nafaqat о‘qitish dargohi, qolaversa, ilmiy – ijodiy salohiyati bilan respublikada san’atshunoslik fanining amaliy – ijodiy ishlar natijasini jamlaydigan, xulosalaydigan, kelajakka rejalar tuzadigan ilmiy markazdir. 

    Chop etilgan ilmiy nashrlar (sо‘nggi yillarda): 

1.    S.Qodirova. Komediya san’ati tarixi. Toshkent: “San’at”, 2008. 

2.    S.Qodirova. Teatrda hayot aksi. Toshkent: “San’at”, 2011. 

3.    T.Bayandiyev. Sovremenniye problemi teatra 1-2 tom, TDSI, 2008. 

4.    T.Bayandiyev. Qoraqalpoq teatri tarixi. Toshkent: Fan va texnologiyalar markazi. 2011. 

5.    Zrelishniye iskusstva Uzbekistana. Toshkent: San’at, t.1. 2008. 

6.    Zrelishniye iskusstva Uzbekistana. Toshkent: San’at, t.2. 2009. 

7.    M.Umarov. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Yangi asr avlodi, 2009.

8.    M. Hamidova. “San’at asarlari tanqidi, tahlili va targ‘ibi” fanidan ijodiy seminar uchun materiallar. Toshkent: О‘DSI, 2009. 

9.    M.Hamidova. Xonandalik san’ati. Jahon va о‘zbek milliy an’analari. Toshkent: “San’at”, 2009. 

10.  T.Bayandiyev, H.Ikromov, M.Ahmadjonova. О‘zbek teatrida milliy g‘oya talqini. Toshkent: Fan va texnologiyalar markazi bosmaxonasi, 2009.

11.  H.Ikromov, I.Muxtorov, T.Yo’ldashev, M.Muxtorova. Teatr va yosh avlod. Toshkent: “CHP Isxakov” bosmaxonasi, 2012.