Kino, televideniye va radio san’ati

    “Kino,televideniye va radio san’ati” fakulteti 2012 yildan О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti negizida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda 500 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda fakultet Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi. 

    Fakultetning asosiy faoliyati “San’atshunoslik”, “Jurnalistika”, “Texnogen san’at”, “Rejissyorlik” ta’lim yо‘nalishlariga tegishli (Teatrshunoslik, Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi, San’atshunoslik jurnalistikasi, Kinoteleoperatorlik, Kino, televideniye, radio va teatr tomoshalari ovoz rejissyorligi, Televideniye va radio rejissyorligi) turlari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy (ijodiy)-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot (ijodiy) ishlarni bajarishga yо‘naltirilgan. 

    Fakultet о‘z tarkibida mutaxassis chiqaruvchi “Televideniye va radio rejissyorligi”, “Ovoz rejissyorligi va kinoteleoperatorlik mahorati”, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedralari hamda umuminstitut kafedrasi hisoblangan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralarini birlashtiradi. Ushbu kafedralarda jami bо‘lib 8 ta professor, 14 ta fan nomzodlari, dotsentlar, 18 ta katta о‘qituvchi hamda 12 ta assistent-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. 

    Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi. 

    “Kino,televideniye va radio san’ati” fakultetining tarixiga nazar tashlasak, u 1997 yil tashkil topgan va о‘sha paytda atigi 50 dan ortiq talaba tahsil olgan. 2005-2012 yillar oralig’ida “San’atshunoslik va texnogen san’ati” fakulteti nomi bilan yuritilgan. 

    “San’atshunoslik va texnogen san’at” fakultetiga ancha yillar davomida san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Abdumannon Ubaydullayev, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ramazanova Shoira Rixsibayevna rahbarlik qilib kelgan. 

    Hozirgi kunda “Kino, televideniye va radio san’ati” deb nomlangan fakultetga falsafa fanlari nomzodi, dotsent Arislanbayeva Zoya Yernazarovna dekan lavozimida rahbarlik qiladi. 

    Fakultet Ilmiy Kengashi muntazam ravishda о‘tkaziladi. Fakultet doirasida yosh mutaxassislar bilan ishlash qamrab olingan. Ushbu fakultetda ilmiy-uslubiy seminarlar, taniqli mutaxasislar bilan davra suhbatlarini uyushtirish, loyihalar ustida ishlarni takomillashtirish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilish amaliyoti yо‘lga qо‘yilgan.

Ayni vaqtda mutaxassis kafedralarda faoliyat olib boruvchi yosh assistent-о‘qituvchilar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, magistrlar tarkibidan topilgan “Yosh mutaxassislar ” bо‘limi Respublika va Xalqaro kinofestivallari hamda kо‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, о‘zlarning yutuqlarini namoyon etmoqda.