Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты
Fakultet dekani:
Anvar Qurbonov

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 14:00 dan 16:00 gacha.

(+99871) 230-28-29
Fakultet tasarrufidagi kafedralar:
  • “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi
  • “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi
  • “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi
  • “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi
  • “Sahna nutqi” kafedrasi
  • “Vokal” kafedrasi
Fakultet qisqa tarixi

Fakultet о‘tgan davr mobaynida “Aktyorlik san’ati” (turlari bо‘yicha) va “Rejissyorlik”(turlari bо‘yicha) ta’lim yо‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda. Shu kunga qadar mutahassislik kafedralarida О‘zbek teatr, kino san’atining taniqli va yetakchi namoyandalari О‘zbekiston xalq artistlari Shuhrat Abbosov, Turg‘un Azizov, Hayrulla Sa’diyev, Erkin Komilov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Boir Xolmirzayevlar milliy teatr va kino san’ati uchun aktyor va rejissyorlar tayyorlaganlar.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
  • 5150300 - Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha: dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati, musiqali teatr aktyorligi san’ati, qо‘g‘irchoq teatr aktyorligi san’ati, estrada aktyorligi san’ati);
  • 5150400 - Rejissyorlik (turlari bo‘yicha: drama rejissyorligi, musiqiy teatr rejissyorligi, qо‘g‘irchoq teatr rejissyorligi, estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi)
Magistratura mutaxassisliklari:
  • 5A150201 - Teatr san’ati;
  • 5A150301 - Aktyorlik san’ati (estrada aktyorligi san’ati);
  • 5A150401 - Rejissyorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi);
Professor-о‘qituvchilar tarkibi:

Hozirda fakultetning mutaxassislik kafedralarida Toshkent shahridagi professional teatrlar rejissyorlari va taniqli aktyorlari dars berib kelmoqdalar. О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi Bahrulla Lutfullayev, Jо‘raMahmudov, Qoraqolpag‘istonda xizmat kо‘rsatgan artist Arsen Ismoilov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi professor Minavvara Abdullayeva, Maryam Ashurova, Xamida Mahmudova, Isoqtoy Jumanov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi Haydarali Qosimov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Narziddin Shermatov, Rahimov Erkin, Nodira Mahmudova, Fathulla Xо‘jayev, Qoraqalpog‘istonda xizmat kо‘rsatgan artist Rо‘dakiy Allanbayevlar shular jumlasidandir.

Shuningdek fakultetda professor Sherzod Pirmatov, Qodir Mirzayev San’atshunoslik fanlari nomzodlari Gо‘zal Xoliqulova, Marina Yusupova, Temur Rashidov, dotsentlar Zamira Ahmedova, Feruza Jalilova, Mahsuma Xodjimatova, Farhod Ahmedov, Jahongir Mamatqosimov, Ramz Qodirov, Ernazar Yorbekov, A’zam Abduxalilov hamda Venera Yusupova kabi tajriba- li yetakchi professor-о‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritishmoqda.

Ilmiy loyihalar:
 
Xalqaro hamkorlik:

Fakultetda xorijiy san’at maktablari bilan ham innovatsion hamkorliklar yо‘lga qо‘yilgan: jumladan Angliya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, tanishuv, suhbat va muloqotlar muntazam tashkil qilinadi.

Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik:

 

Iqtidorli talabalar:

Fakultetda kо‘plab davlat stipendiyasi sohiblari, davlat mukofotlari sovrindorlari, Xalqaro va Respublika tanlovi g‘oliblari tahsil olgan va olmoqda.

Fakultet doirasida yosh mutaxassislar bilan ishlash yо‘lga qо‘yilgan. Shuningdek, fakultet professor о‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida ilmiy-uslubiy seminarlar, taniqli olim va mutaxassislar bilan davra suhbatlarini uyushtirish, loyihalar ustida ishlarni takomillashtirish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglanadi va muhoka qilinib ta’limning zamonaviy inter faol uslublari о‘rganiladi.

“Teatr san’ati” fakultetidagi ta’lim jarayoni bugungi zamon talablariga tо‘liq mos bо‘lishi uchun harakat qilgan holda amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsad yо‘lida talabalarga san’at sirlarini о‘rgatib kelayotgan professor-о‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishi yо‘lga qо‘yilgan va kelajakda bu о‘z mevasini berishi shubhasiz.

 
Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа