“Jismoniy madaniyat” kafedrasi

    O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti qayta ta’mirlanib, 2013 yili yangitdan ish boshladi. Ilgari faqat birgina sport zali va maydonidan iborat bo’lgan kafedra qaytadan jihozlanib uning ixtiyoriga yopiq suv havzasi, futbol maydobi, voleybol o’naydigan sport maydoni, basketbol maydoni,trenaj zali, boks ringi, tatami,ko’chma darvozali futbol,qo’l to’pi maydoni kabi butun bir majmuaga ega bo’ldi.   

    “Jismoniy madaniyat”fanidan datslar o’tish uchun zamon talablariga javob beradigan zaruriy anjomlar bilan jihozlangan sport zali kafedra ixtiyoriga topshirildi. 

    Kafedra professor-o’qituvchilari O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining barcha yo’nalishlarida o’quv dasturi asosida darslar olib borilmoqda.

    Kafedra o’qituvchilari “Jismoniy madaniyat va sport”, “Valeologiya”, “Ekologiya”, “Inson hayot faoliyati havfsizligi asoslari” singari fanlardandars bermoqdalar. Xususan  “Ekologiya” fanidan pedagogik fanlari nomzodi, dotsent Xatamov Aziz Alimovich, ‘Valeologiya” fanidan etakch mutaxassis Pulatova gulnora Enverovna, “Jismoniy madaniyat va sport” fanidan katta o’qituvch, boks boyicha sport ustasi Mavlonov Abdurauf dars olib boradilar.    

    “Jismoniy madaniyat” kafedrasida talabalar va o’qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tadigan oliy o’quv yurtlariaro musobaqalar, universiadalar, fakul’tetlararo musabaqalarga tayyorlaydi. “Ekologiya” va “Valeologiya” fanlari o’qituvchilari talabalar turar joyida darsdan tashqari paytlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boradi. Har bir o’qituvch har yili talabalarni ilmiy konferentsiyga tayyorlaydi. 

    2012-2013 o’quv yilida kafedra o’qituvchilari bir qator nashr ishlarini bajarfilar: Mamirova D.T. “Talabalar sog’lig’i”. T., “Ta’lim muammolari” jurnali, №3 2012, 57-.;

    Mamirova D.T. “Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va sayohatlar jarayonida o’quvchilarning ijyimoiy faolligini oshiridh”. T. Ilmiy konferensiya to’plami. 2012, 102- 104b.

    Mamirova D.T. “Fizicheskaya kultura v jizni muzikalnoy professionalnoy deyatelnosti”. Ilmiy-amaliy anjuman to’plami. 1-qism. 2012, 223-224-b.

    Mamirova D.T. “Razvitie fizicheskix kachestv u studentov-musikantov”.-T. Ilmiy-amaliy anjuman to’plami. 2012, 27 mart, 83-84-b.

    Mavlyanov A. “Razvitie fizicheskix kachestv u studenrov-muzikantov”. T., Ilmiy-amaliy anjuman to’plami,2012,27 mart, 83-84-b.

    Pulatov G.E “Rol valeologii v razvitiy chelovechestva”. – T. Konferentsiya materiallari, 2013.