“Sahna harakati” kafedrasi

    “Sahna harakati” kafedrasi 1945-yildan faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 

    Institut tashkil bo‘lgandan buyon “Aktyorlik mahorati kafedrasi”, qoshida bo‘lajak rejissior va aktyorlarga “Sahna harakati va raqs” darslari o‘tib kelingan. Keyinchalik O‘zbekiston hamda O‘rta Osiyo Respublikalarida teatr sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib bordi. Natijada talabalar kontingenti sezirarli ravishda ko‘paydi. Shundan so‘ng institut strukturasida ko‘pgina o‘zgarishlar bo‘lib, 1975-yilda alohida dekanatlar va kafedralar tashkil qtildi. Shular qatoriga “Sahna harakati” kafedrasi ham alohida mustaqil kafedra bo‘lib ajralib chiqdi. Kafedra mudiri qilib, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist dotsent, Pyotr Sergeyevich Drozdov tayinlandi. Keyinchalik O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog’istonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Arsen Fayzullevich Ismoilov kafedraga rahbarlik qildi.

    Shu yillar davomida kafedrada, “Raqs”, “Sahna harakati”, “Ritmika”, “Sahna jangi”, “Rejissorning baletmeystr bilan ishlash” kabi darslari mavjud bo‘lgan. 

    Kafedrada professor-o‘qituvchilaridan O‘.Qoraboyev, A.I.Levin, Ali Ardobus, I.M.Protsenko, T.G.Litviniva, S.R.Tanguriyeva, D.A Ismoilovlar dars berganlar.

    Hozirgi kunda “Sahna harakati” kafedrasida “Sahna harakati va jangi”, “Plastika”, “Raqs” fanlari mavjud. “Raqs” darslarini N.E.Abrayqulova, A.X. Adilova, L.B.Kobesova, S.M.Zokirova, “Sahna harakati va jangi” darsini professor A. F. Ismoilov, Sh. Y. Usmonov, R. R. Do‘sanov, “Plastika” fanini Sh. Y. Usmonov, O.A.Ostanina, A. Y. Ismailova talabalarga o‘rgatib kelmoqdalar.   

    “Sahna harakati” kafedrasi Milliy raqs va xoreografiya oliy raqs maktabi hamda O’zbek jang san’ati federatsiyasi bilan amaliy hamkorlikka ega.

    Kafedra asosan “Drama teatri va kino aktyoriligi, rejissorligi”, “Musiqali teatr aktyori va rejissorligi”, “Qo‘g’irchoq teatr aktyori va rejissorligi”, “Estrada aktyori va rejissorligi”, “Televideniye rejissorligi”, “Estrada va ommaviy bayramlar rejissorligi”, “Folklor etnografik jamoa tashkilotchisi”, “Xalq ashula va raqs ansambili tashkilotchisi”, “Madaniyat va san’at muassasalarni tashkil etish va boshqarish”, “Kasb ta’lim akyori va rejissorligi” mutaxasisslarini tayyorlashda foal qatnashib kelmoqdalar.

    Oxirgi 5 yil ichida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta o‘quv-metodik qo‘llanma, 4 ta darslik nashr etildi.

    Bakalavriyat ta’lim yo`nalishlari uchun kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar: Sahna harakati va jangi, Raqs, Plastika.