“Sahna nutqi” kafedrasi

    О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida sо‘z san’ati hamda nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishdek ma’suliyatli vazifa zimmasiga yuklatilgan “Sahna nutki” kafedrasi 2011 yildan e’tiboran yangi tarkib va yangi fanlarning о‘qitilishi bilan boyitildi. 2011 yil mart oyidan “Sahna nutqi” kafedrasiga M.Xodjimatova rahbarlik qilib kelmoqda. 

    1945 yilda tashkil qilingan kafedraga Nazira Aliyeva va Lola Xо‘jayeva О‘zbekiston san’atiga munosib ulush qо‘shib, sahna, kino, radio, televideniyemizning kechasi, buguni va ertasini belgilay oladigan о‘zbek sahna nutqi maktabi poydevorini yaratdilar. S.Imonxо‘jayev birinchi marta kafedra uchun nihoyatda zarur bо‘lgan “Badiiy о‘qish asoslari”, “Ifodali о‘qish asoslari”, “О‘tmish sharq notiqligi”, L.Xо‘jayeva bilan birga “Badiiy sо‘z san’ati asoslari” qо‘llanmalarini yaratdi. 1985 yilgacha kafedraga professor Lola Xо‘jayeva, 1985 yildan 1987 yilgacha A.Sayfuddinov, 1987-1988 yillar O. Suzdalseva, 1989 yildan 1997 yilgacha esa teatrshunos olim Inoyatilla Pо‘latov, 1997-2011 yillarda Isoqtoy Djumanov, rahbarlik qilgan. 2011 yil mart oyidan “Sahna nutqi” kafedrasiga M.Xodjimatova rahbarlik qilmoqda. 

    Kafedrada I.Pо‘latovning “Sahna nutqi” qо‘llanmasi, A.Sayfuddinov “Xrestomatiya”, I.Jumanovning “Qо‘g‘irchoqlar sо‘zlaydi” qо‘llanmasi, M.Isroilovning “Badiiy о‘qish” qо‘llanmasi nashr qilindi. M.Isroilovning “Monologlar ustida ishlash”, “Abituriyentlarga yordam”, “Psixologik pauzaning nutqdagi ahamiyati”. B.Bobonazarovaning “Sahna nutqi”, Z.Olimjonova, A.Tо‘laganovning “Sahna nutqi”, A.Tо‘laganovning “She’riy asarlar ijro mahorati”, Z.Olimjonovaning “Sahna nutqi xrestomatiyasi”, G.Xoliqulovaning “Sahna nutqi”, X.Djuldiqorayevaning “Sahna tili bilimdoni”, “Sahna nutqi talaffuz texnikasi”, О‘.Nurmuhammedovaning “Qо‘g‘irchoq teatrida sahnaviy nutq”, A.Nosirovaning “Jonli sо‘z san’ati asoslari”, “Sahna nutqi”, M.Xodjimatovaning “Sahna nutqi” hamda shu qо‘llanma asosida “Sahna nutqi texnikasi va ijrochilik mahorati” deb nomlangan multimediyasi, I.Jumanovning “Sahna nutqi” qо‘llanmalari nashrdan chiqdi. 

    Shuningdek, A.Tо‘laganov yangi о‘quv dastur asosida “Sahna nutqi” darsligi, M.Xodjimatovaning “Sahna nutqi” о‘quv qо‘llanmasining qayta tо‘ldirilgan nashri va “Sahna nutqi xrestomatiyasi” nashrdan chiqdi.

    О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tashkil qilinishi munosabati bilan kafedrada yangi namunaviy va ishchi о‘quv dasturlari, kompleks majmualar yaratildi.Kafedra tajribali pedagog, p.f.n. professor A.Nosirova о‘zining izlanuvchan va iqtidorli shogirdlari katta о‘qituvchi F.Qurbonova, S.Ikramovlar bilan kafedraning nufuzi va salohiyatini mustahkamlanishiga ulush qо‘shdilar, Kafedraning istiqboli va kelajagini ta’minlash uchun kafedraga teatr, televideniye va radioda samarali ijod qilayotgan mutaxassislar hamda institut magistratura bо‘limini bitirgan yoshlar bilan mustahkamlandi. Iste’dotli oliy toifali diktor Sh.Yusupov, B.Magdiyev, rejisser B.Djalolova, S.Haybatovalar jalb qilinib, talabalarni sahna nutqi tehnikasi, adabiy ijro mahorati va mikrafon bilan ishlashning sir asrorlarini о‘rgatib kelmoqdalar. Magistratura bо‘limini bitirib “Saxna nutqi” faniga qiziqish bilan qaragan U.Ibragimova, D.Jumanova, F.Saidova, Sh.Qodirov, SH.Adilovalar ustoz shogird tizimida tajribali ustozlar bilan hamkorlikda kafedra oldida turgan bugungi kunning dolzarb vazifalari va ularning yechimini topishga salmoqli ulush qо‘shmoqdalar.