“Qо‘g‘irchoq teatr san’ati” kafedrasi

    “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati”kafedrasi 1974 yil Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining hozirda (О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) drama kafedrasi qoshida tashkil etildi.

Kafedra tashkil qilingandan buyon kafedrada mudirlik qilgan professor va о‘qituvchilar: 1978 yildan 1983 yilgacha professor V.S.Iogelsen: 1983 yildan 1985 yilgacha kafedra mudirligi vazifasini bajaruvchi B. M. Saidova. 1986 yildan 1989 yilgacha kafedra mudirligini vaqtincha N. G. Krilova bajargan. 1989 yildan  2002 yilgacha Ashurova M.X. kafedra bakalavr yо‘nalishida ishladi. 2002 yildan 2004 yilgacha SH.Xayitboyev ish olib bordi. 2004-2006 yilgacha F.Xо‘jayev 2006 yildan 2012 yilgacha О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist  SH. Yusupov 2012 yildan kafedra mudiri etib D.Abdullayev tayinlandi.2000 yili “Qо‘g‘irchoq teatr san’ati” kafedrasi magistratura bо‘limiga talabalarni о‘qishga qabul qila boshladi. Hozirda magistr talabalarimiz kafedra о‘qituvchilari yordamida о‘z pedagogik faoliyatlarini rivojlantirib, kafedraning ijodiy yо‘nalishini rivojlantirish uchun astoydil mehnat qilmoqdalar.
    2005-yilda M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutiga Davlat maqomi    berildi. 2012-yilda Prezidentimizning P/F -17/71- sonli farmoni bilan О‘zbekiston davlat san’at instituti va A.Qodiriy nomidagi institutlar birlashtirilib, endilikda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti deb yuritilmoqda. Ikki  san’atimiz va madaniyatimizning targ‘iboti bilan shug‘illanuvchi bu dargohlarni birlashuvi  kadrlar tayyorlash milliy dasturining yana bir yutug‘i bо‘lib xizmat qildi. Avvalgi A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti joylashgan hududda hozirda nafaqat Respublikimizda, balki dunyo mamlakatlari orzu qilishiga arzigulik  bino qad rosladi. Bu dargohlarni  bir yaxlitga aylantirish bilan mavjud yunalishlar yana qayta о‘rganib,maslakdosh kafedralarni birlashtirish natijasida 3 ta fakultet tashkil etildi. “Teatr san’ati”, “Kino,televideniye va radio san’ati”, “Xalq ijodiyoti” deb nomlanib, har biri ixtisoslik va mutaxassisligi muvoffiqlashgan kafedralarni о‘z ichiga oldi. Jumladan “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi ham  “Teatr san’ati” tasarrufida bо‘lib, unda “Qо‘g‘irchok teatri aktyorligi”. “Qо‘g‘irchok teatr rejissyorligi”,  hamda “Kasbiy ta’lim qо‘g‘irchok teatri aktyorligi” kabi yunalishlarda oliy toifali mutaxassislar tayyorlanmokda.

    Har bir mutaxassislik auditoriyalari yuqori texnikalar bilan ta’minlangani ayniqsa e’tiborli. Bugungi texnika davrini har qanday mutaxassisini chin ma’noda lol qoldirar darajadagi ushbu texnikalar bilan tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri professional spektakllar ishlash mumkin desak mubolag‘a emas. Chunki qо‘g‘irchok teatrlarida spektakllar ishlash uchun muhim texnik jihozlar institutimizdagi har bir auditoriyada mavjud bо‘lib, jahonning nomdor firmalari maxsuloti о‘rnatilgan. Yana “Qо‘g‘irchok teatri san’ati” kafedrasida “Qо‘g‘irchok yasash texnologiyasi”ni о‘rgatish bilan bog‘liq predmet о‘qitiladi. Ushbu fan ham mutaxassislik predmeti bо‘lgani uchun aynan uni о‘rgatish bilan bog‘liq zaruriy jihozlar о‘rnatilgan maxsus xona faoliyat yuritmoqda. Qо‘g‘irchoqlarni yasashga kerakli jarayonni tо‘la о‘tishdek imkoniyatni beruvchi sharoitlar tashkil etilgan ushbu ustaxonada, ularni liboslarini tikish uchun ikkita kо‘p funksiyali tikuv mashinasi ham о‘rnatilgan. Albatta yuksak malakali pedagoglar bilan bir safda bugunning kо‘g‘irchok teatri talablariga hamohang texnologiyasini puxta egallagan yosh rassom va dizaynerlar jalb etilgan.

“Kо‘g‘irchok teatri san’ati” kafedrasi professional kadrlarni tayyorlash barobarida Respublikamiz viloyatlarida faoliyat yuritib kelayotgan san’at va madaniyat kollejlari, hamda 10 ta Kо‘g‘irchoq teatrlari bilan doimiy ijodiy aloqani о‘rnatgan. Turli viloyatlardan о‘qishga qabul qilingan talabalarni malakaviy amaliyoti ham о‘z viloyatlariga biriktirilmoqda. Bu bilan viloyat kollej va teatrlarini kadrlar bilan ta’minlash  kо‘zda tutilgan. Yana bir avzalligi shundaki,  о‘qishni tamomlagan talaba avvalo yangi kollektivga begona emas, balki malaka о‘tash barobarida kasbiy kо‘nikma hosil qilgan ularning biri bо‘lib ishga joylanadi.

   О‘zDSMIda kadrlarni professionalligini yuksaltirish maqsadida  Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “О‘zbekkino”DAK, “О‘zbekfilm”DUK, “О‘zbekteatr”IICHB kabi qator tashkilotlar bilan doimiy aloqani yulga qо‘ygan. “Qо‘g‘irchok teatri san’ati” kafedrasi pedagoglari ham ana shu an’anaga muvoffiq о‘z yunalishida yuqori malakali mutaxassislarni institutga chaqirib master klasslarni uyushtirmoqdalar. Albatta kafedra professor-о‘qituvchilari ham о‘z navbatida kollejlarda master-klasslar о‘tkazib, teatrlarda spektakllarni saxnalashtirib kelmoqdalar. Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “О‘zbekteatr”IICHB  tashabbusi bilan 2-yilda bir marotaba о‘tkaziladigan “An’anaviy Respublika qо‘g‘irchok teatrlari festivali”da ham goh mexmon, goh о‘rinlarga da’vogar bо‘lib dasturda ishtirok etib kelmoqda. О‘zDSMI da  “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi tashabbusi bilan о‘tkazilayotgan ilmiy-ijodiy konfirensiyalar sohani rivojlantirib, zamon bilan hamnafas yurishida yaqqol sezilarli ifodasini topmoqda.

Matn muallifi “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati”kafedrasi о‘qituvchisi A’zamjon Abduxalilov.