Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 4 iyundagi № 1771-sonli Qaroriga asosan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. Mazkur institutning “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “Rejissura” va О‘zbekiston davlat san’at institutning “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi negizida tashkil etildi.

Kafedra о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi konstitusiyachi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta’lim va tarbiya sifatini takomilashtirishga qaratilgan boshqa meyoriy hujjatlar asosida olib boradi.

Mazkur kafedrada Respublikamiz madaniyat va san’at sohasi, jumladan estrada aktyorligi san’ati, estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi sohalari uchun yuqori malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlanadi.

Ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari:

5111000 – Kasb ta’limi (5150400 – Rejissyorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi))

5150300 – Aktyorlik san’ati (estrada aktyorligi san’ati)

5150400 – Rejissyorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi)

5A150301 – Aktyorlik san’ati (estrada aktyorligi san’ati)

5A150401 – Rejissyorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi)

Kafedrada pedagogika fanlari nomzodi, professor Baxtiyor Sayfullayev, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Marina Yusupova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Farhod Ahmedov, dotsent Jahongir Mamatqosimov, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Temur Rashidov, katta о‘qituvchilar: Aleksandr Gamirov, Ilhom Sodiqov, Farrux Egamberdiyev, о‘qituvchilar: Shavkat Rasulov, Nilufar Ahmedova, Shaxobiddin Ikromov, Doston Hakimov, Umida Meylibayeva kabi pedagoglar ta’lim jarayoniga milliy va xorijiy ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilgan holda zamonaviy pedagogik usullardan keng foydalanib о‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Kafedra professor-о‘qituvchilaridan B.Sayfullayev “О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi” unvoni, D.Hakimov “E’tirof” mukofoti bilan taqdirlangan. J.Mamatqosimov “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovida faxrli birinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan.

Kafedraga 2016 yildan boshlab dotsent J.A.Mamatqosimov mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra professor-о‘qituvchilari Respublikamizdagi barcha bayram va tomoshalarda, teatr festivallarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Hozirda kafedraga qarashli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarida 139 ta talaba va magistrlar tahsil olishadi. Ular orasida Respublika va xalqaro kо‘rik-tanlovlar g‘oliblari va laureatlari bor. Kafedrada talabalarning ilmiy-ijodiy mahoratini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Bayram va zamon” tо‘garagi faoliyat yuritadi.

Kafedraning О‘zbek davlat yosh tomoshabinlar teatri va Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri bilan Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida innovatsion hamkorlik shartnomasi mavjud. Shuningdek, San’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti va Respublikamizdagi madaniyat va san’at kollejlari bilan «Qо‘shma kafedra» shartnomalari imzolagan. Mazkur shartnomalar asosida bitiruv malakaviy (ijodiy) ishi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari bajarilmoqda.

Sо‘nggi yillarda Sayfullaev B.S., Mamatqosimov J.A. “Aktyorlik mahorati” darsligi, Sayfullayev B.S. “Tomosha san’ati tarixi va nazariyasi” о‘quv qо‘llanmasi, Ahmedov F.E. “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari” darsligi, Yusupova M.R. va boshqalar. “Aktyorlik mahorati” о‘quv qо‘llanmasi, Mamatqosimov J.A. “Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati” о‘quv qо‘llanmasi, Mamatqosimov J.A. “Madaniyat va san’at kolleji о‘quvchilarida nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bо‘yicha uslubiy tavsiyalar” uslubiy qо‘llanmasi nashr etilgan. Shuningdek, kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan OAK e’tirof etgan Respublika va xalqaro ilmiy jurnallar va konferensiya tо‘plamlarida ilmiy maqolalar chop etib kelinmoqda. Professor-о‘qituvchilardan J.Mamatqosimov, T.Rashidov mustaqil izlanuvchi sifatida doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqda.

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа