Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

    Millatning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy tarbiyasiga fidoyilarcha xizmat qilayotgan о‘zbek teatr san’atiga oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida xukumatning 2012 yil 4 iyunda 1771-sonli “О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti tashkil qilish” tо‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Institut О‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan barcha teatr va madaniyat muassasalariga oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni о‘z oldiga maqsad qilib olgan. Institut tashkil topgan kundan boshlab “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi о‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.   

   Xozirgi kunda kafedrada faoliyat kо‘rsatayotgan yetakchi professor-о‘qituvchilar: Abbasov SH.S. -Xalq artisti, professor; Mahmudova X.A.- О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi, dotsent; Mahmudov J.O.- О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, professor; Abdullayeva M.A. -О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor; Qobilov N.K.- dotsent; Azizov T.T.- О‘zbekiston xalq artisti, professor; Sa’diyev X. X.-О‘zbekiston xalq artisti, dotsent v.b.; Kapriyelov S.S. -О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent v.b.; Xolmirzayev B. -О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent; Mahmudova N. U.-О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent.    Kafedra faoliyat olib boradigan bо‘limlar: Kafedra о‘z an’analarini saqlab qolgan holda san’at pedagogikasiga ijodiy yondoshib kelmoqda. Kafedra “Teatr san’ati” va “Kino, TV va radio san’ati” fakultetlari tarkibida faoliyat kо‘rsatadi.   

    Bakalavriat yо‘nalishida “ Dramatik teatr va kino aktyorlik san’ati”, “Dramatik teatr rejissyorligi san’ati”, “Musiqali teatr aktyorligi san’ati”, “Musiqali teatr rejissyorligi san’ati”, Kasb ta’limi bо‘yicha “Rejissyorlik” va “Aktyorlik san’ati” bо‘limlari, magistratura mutaxassisligi bо‘yicha – Aktyorlik san’ati (dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati), Rejissyorlik (dramatik teatr rejissyorligi),    Aktyorlik san’ati (musiqali teatr aktyorligi), Rejissyorlik (musiqali teatr rejissyorligi san’ati) bо‘limlarida mashg‘ulotlar olib boriladi.

    Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:

  Bakalavriat yо‘nalishi: “Aktyorlik mahorati”, “Grim”, “Rejissura”, “Sahnaviy asarning xatti-harakatli taxlili”, “Ixtisoslik fanlarini о‘qitish metodikasi”.

  Magistratura mutaxassisligi: “Aktyorlik maxorati”, “Saxnaviy asarning xatti-harakatli taxlili”, “Mutaxassislik fanlarni о‘qitish metodikasi”, “Obraz ustida ishlash”, “Sahnaviy makon kompozitsiyasi”, “Rejissyorning spektakl ustida ishlashi”, “Dramatik teatrda rejissura”.

    Kafedra о‘quv – tarbiyaviy, ilmiy jarayonini ta’minlash uchun barcha qulayliklarga mavjud bо‘lgan о‘quv ustaxonalarga ega. Kafedraga tegishli bо‘lgan 6 ta о‘quv ustaxonalarning har birida aloxida-aloxida kishin va yuvinish xonalarimavjud bо‘lib ular talabalar ixtiyoriga berilgan. О‘quv ustaxonalari zamonaviy talablarga tо‘la javob beradigan audio-video va yoritish uskunalari bilan jixozlangan.

    Bizning kafedra zaruriy xollarda soxa bо‘yicha tashkilotlarning moddiy –texnika bazasidan foydalanadi. Bunga “О‘zbek teatr” Ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasi kо‘maklashadi; quyidagi ijodiy tashkilotlar bilan aloqada bо‘lamiz va kafedra yо‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar quyidagi ijodiiy jamoalar tarkibida mahnat faoliyatini olib boradilar:

1)      Respublika konsert zallari;

2)      Viloyat teatrlari

3)      О‘zbekiston davlat drama teatri;

4)      О‘zbek Milliy Akademik drama teatri;

5)      Yosh tomoshabinlar teatri;

6)      Yoshlar teatri

7)      Ilxom teatri;

8)      Muqimiy nomidagi О‘zbek davlat musiqali teatri;

9)      “Diydor” teatr-studiyasi

10)    Satira teatri;

11)    Operetta teatri

12)    Milliy teleradiokompaniy.

    Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va о‘quv qо‘llanmalar:

1.Aktyorlik mahorati-M.Abdullayeva-о‘quv qо‘llanma.

2. Aktyorlik mahorati- J.Mahmudov, X.Mahmudova - darslik.

3. Aktyorlik mahorati maktablari- M.Abdullayeva -о‘quv qо‘llanma.

4. Aktyorlik mahorati- J.Mahmudov -kollejlar uchun о‘quv qо‘llanma.

5. Stanislavskiy sistemasining unsur va atamalari -V.Sundukova, Z.Ahmedova-о‘quv qо‘llanma.

6. Poetika aktyorskogo iskusstva- V. Sundukova -о‘quv qо‘llanma.

7. Grim- F.Jalilova--о‘quv qо‘llanma

8. Rejissura asoslari.– J.Maxmudov -darslik

9. Rejissura- R.Usmonov- о‘quv qо‘llanma

10. Kasbim rejissyor -O.Salimov –monografiya

11.Mening rejissyorlik ishlarim - T.Azizov -monografiya

12. Sahna talqini va tahlil- U.Zufarov- о‘quv qо‘llanma

13. Rejissyorning spektakl ustida ishlashi- B.Xolmirzayev- darslik

14. Musiqa teatr aktyorlarini tarbiyalash asoslari -G.Muhammedova-о‘quv qо‘llanma

15. Musiqali drama yaratishning nozik jihatlari- B.Xolmirzayev -о‘quv qо‘llanma

16. Aktyorlik maxoratida xonandalik- J.Ortiqov-о‘quv qо‘llanma

17. Nazariy bilim va amaliy tajriba uyg‘unligi-- B.Xolmirzayev -о‘quv qо‘llanma

18. Musiqiy asarning ustida ishlashda rejissyorlik tamoyillari- V.Volodchenko –о‘quv qо‘llanma

19. Sahna makon kompozitsiyasi –J.Maxmudov- о‘quv qо‘llanma

20. Aktyorlik mahorati-O.Dadamirzayev-о‘quv qо‘llanma (musiqali teatr aktyorlari uchun)

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа