Teatr san’ati

Fakultet dekani - Anvar Qurbonov  О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil qilish tо‘g‘risida”gi 2012 yil 4 iyundagi 1771-sonli qarori asosida “Teatr san’ati” fakulteti tashkil qilindi.

"Teatr san'ati" fakulteti dekani - Anvar Qurbonov

    Bugungi kunda fakultetda 2 ta: «Aktyorlik san’ati» (Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati, Musiqali teatr aktyorligi san’ati, Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi san’ati, Estrada aktyorligi san’ati ixtisosliklari) va «Rejissura» (Drama rejissyorligi, Musiqali teatr rejissyorligi, Qо‘g‘irchoq teatri rejissyorligi, Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi) ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 

    Fakultet tarkibida 7 ta kafedra: “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati”, “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati”,“Qо‘g‘irchoq teatri san’ati”, “Sahna harakati”, “Sahna nutqi”, “Vokal” va “Jismoniy madaniyat” kafedralari faoliyat yuritmoqda.

    Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi.

    Fakultetning mutaxassislik kafedralarida О‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov, shuningdek, Toshkent shahridagi professional teatrlar rejissyorlari va taniqli aktyorlari dars berib kelmoqdalar. О‘zbekiston xalq artistlari Shuhrat Abbosov, Turg‘un Azizov, Erkin Komilov, Xayrulla Sa’diyev, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi Bahrulla Lutfullayev, Jо‘ra Mahmudov, Olimjon Salimov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Boir Xolmirzayev, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Arsen Ismoilov,Minavvara Abdullayeva, Maryam Ashurova, Xamida Mahmudova shular jumlasidandir. 

Shuningdek professor Adiba Nosirova, Isoqtoy Jumanov, Sherzod Pirmatov, Qodir Mirzayev, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Gо‘zal Xoliqulova, Marina Yusupova, Temur Rashidov, pedagogika fanlari nomzodi Aziz Xotamov , dotsentlar Maxsuma Xodjimatova, Shoira Hamidova, Farhod Ahmedov, Ramz Qodirov singari yetakchi professor-о‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. 

    Fakultet doirasida yosh mutaxassislar bilan ishlash yо‘lga qо‘yilgan. Shuningdek, fakultetda ilmiy-uslubiy seminarlar, taniqli mutaxassislar bilan davra suhbatlarini uyushtirish, loyihalar ustida ishlarni takomillashtirish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinadi.