ARM haqida

lib 01O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to’g’risida”gi (2012 yil, 4 iyun, PQ-1771) qarori asosida institut Axborot-resurs markazi o’z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishda zamon talablarini hisobga olgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodning intelliktual ehtiyojlarini qondirishga shu bilan birga aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug’iga asosan Axborot-resurs markaziga aylantirildi. 2011-yil 23-fevral “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot-resurs хizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1487-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprel “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi O’PQ-280-sonli qonunlari asosida ishlar olib borilmoqda.

ARM fondi 13467 nomda, 81333 nusxadagi adabiyotlardan iborat. Kitobxonlarimiz 1628 ta, o‘rtacha kitob o‘qilishi 87%, kitob bilan ta’minlanish 74%, qatnov 94% ni tashkil etаdi. Bir yil davomida 2487 ta adabiyot olindi, jami adabiyotlar uchun 10 172 581 so‘m mablag’ ajratildi.

lib 06

Vaqtli matbuot nashrlari uchun ham salmoqli darajada obuna tashkil qilindi. Jami 31 nomda 57 nusxada gazeta-jurnalga obuna qilingan bo‘lsa, shundan 19 nomda 37ta gazeta, 12 nomda 20ta jurnal, Jami vaqtli matbuot nashrlari uchun 6 990853 so‘m mablag’ ajratildi.

lib 03Axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasi qoniqarli ahvolda. Axborot-resurs markazi 17 ta kompyuter, 4 ta skaner, 5 ta printer va 4 ta nusxa ko’chiruvchi texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Ichki tarmoq mavjud va institut tarmog’iga hamda Internetga ulangan. Kitobxonlar muntazam ravishda internetdan foydalangan holda respublikaning barcha OTMning ARMlaridan, institutimiz ARMining elektron katalogidan adabiyotlar qidirib topishlari va elektron resurslardan foydalanishlari mumkin. Axborot-elektron resurslar bo’limida disklar (mavzuli, EBSCO), institutimiz professor-o‘qituvchilarining o‘quv qo‘llanmalari, dasrliklar, o’quv-uslubiy majmualari, maqolalar va boshqa materiallari mavjud. “Ziyonet” tarmog’idan madaniyat va san’at sohasiga doir adabiyotlarning elektron nusxalari muntazam ravishda ko’chirib olinmoqda.

lib 04ARMda ARMAT dasturi asosida kutubxona-axborot tizimi tashkil etilgan. ARM fondining elektron katalogi yaratilmoqda. Boshqa ARMlardan farqli ravishda ARM fondini tashkil etuvchi barcha retroadabiyotlarning ham yangi adabiyotlar bilan bir qatorda bibliografik ma’lumotlari katalogga kiritilmoqda. Har bir kitobga annotatsiya, 3 tadan kalitli so‘z ham berib borilyapti. “ARM chitatel” bo‘yicha kitobxonlar haqidagi ma’lumotlar kompyuterga kiritilmoqda. Kitobxonlar ARM fondida mavjud bo‘lmagan adabiyot haqidagi ma’lumotlarni boshqa ARMlarning EK dan topishlari mumkin.Elektron resurslar bo`limda foydalanashuvchilar uchun adabiyotlarning tulik matnlari ham yaratilgan. Foydalanuvchilar ARMda mavjud adabiyotlarni qidirib topishda elektron hamda an`anaviy katalogdan foydalanishadi.

Institut ARM Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ARMlar hamda barcha kollej va litseylarning ARM xodimlariga ARM ishi bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi, “Turon” nomli Toshkent viloyat Axborot kutubxona markazi, Respublika Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Muntazam ravishda yangi adabiyotlar haqida ma’lumotni bibliografiya bo‘limi tomonidan har chorakda nashr qilinadigan «Axborot bulleteni» orqali professor-o‘qituvchilarni institutimiz ilmiy kengashida va fakultetlar kengashida tanishtirib boriladi.

lib 05

ARM institutning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, xotin-qizlar kengashi hamda kafedralar bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib keladi. Jumladan, “Dramaturg+” to’garagi bilan soxa mutaxassislariga oid mashxur shaxslar bilan ijodiy uchrashuvlar, muhim va unutilmas sanalarga bag’ishlan tadbirlar va kitob ko’rgazmalari tashkil etib boriladi.

lib 02Institutimiz аxborot-resurs markazida 10 ta malakali mutaxassis kadr faoliyat yuritadi. Ular ARM fondini boyitish, institut professor–o‘qituvchilariga va talabalariga axborot–bibliografiya xizmati ko‘rsatish, elektron katalogdan adabiyotlar qidirish yo‘llari haqida talabalarga yordam beradilar, har bir kitobxonlar bilan yakka va ommaviy ishlarni olib boradilar.

ARM o‘z ish faoliyatini Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, Madaniyat Vazirligining ARM ishiga oid farmonlari, qaror va ko‘rsatmalari, me’yoriy hujjatlari, ARM Nizomi asosida olib boradi.