Muddatli harbiy xizmatni o'tagan abiturientlarni qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.

Mazkur qarorga binoan belgilangan imtiyoz harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega shaxslarga beriladi va O‘zbekiston Respublikasining istisnosiz barcha oliy ta’lim muassasalarida ta’limning hamma yo‘nalishlariga joriy etiladi.