Ijodiy imtihon talablari

5111000 – KASB TA’LIMI (TURLARI BО'YICHA) TA’LIM YО'NALISHI

KASB TA’LIMI 5111000-Kasb ta’limi (aktyorlik san’ati, rejissyorlik, cholg'u jamoalariga rahbarlik) - gumanitar fanlar va san’at sohasidagi ta’lim yо'nalishi bо'lib, u dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati, musiqiy teatr aktyorligi san’ati, estrada aktyorligi san’ati, qо'g'irchoq teatri aktyorligi san’ati, rejissyorlik, cholg'u jamoalariga rahbarlik ta’lim yо'nalishlari о'quv fanlari, vositalari, uslublari va pedagogik faoliyatning usullarini hamda madaniy-ma’rifiy ishlarini bajarish uchun mо'ljallangan me’yoriy hujjatlar, didaktik vositalar ta’limning samarali jarayonlarini ta’minlashga yо'naltirilgan metodlar, vositalar hamda san’at asarlarini yaratish (ijod qilish) uchun zarur bо'lgan ijod vositalarini, usullari va yо'nalishlari majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- dramatik, musiqali, qо'g'irchoq teatrlari aktyori; estrada xonandaligi; opera, operetta, sirk, filarmoniya ijrochiligi; maqom ijrochiligi; konferansye, badiiy sо'z ustasi, kinofilm, videofilm, teleradio spektakllari, maydon tomoshalari ijrochiligi;

- teatr san’ati, kino san’ati, maydon tomoshalari mutaxassisliklari bо'yicha ijodkor pedagoglik faoliyati;

- jahon va milliy aktyorlik san’ati, estrada yо'nalishlari va maydon tomoshalarining nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish.

- kasbiy ta’lim didaktikasi;

- kasbiy ta’lim pedagogikasi va tashxis texnologiyasi;

- aktyor ijodiyoti psixologiyasi;

- o'qitishning didaktik vositalari;

- ta’limning elektron vositalari;

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimidagi о'rni va roli.

1. Kasb ta’limi: xalq ijodiyoti (cholg'u ijrochiligi)
2. Kasb ta’limi: xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)

 


5150200 - SAN’ATSHUNOSLIK (TURLARI BО'YICHA) TA’LIM YО'NALISHI

 SAN’ATSHUNOSLIK5150200-San’atshunoslik (teatrshunoslik, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi, san’atshunoslik jurnalistikasi) - gumanitar fanlar va san’at sohasidagi ta’lim yо'nalishi bо'lib, u milliy va jahon teatr – tomosha, dramaturgik, kino, televideniye, musiqa, xoreografiya, tasviriy va san’atning boshqa tomosha turlari rivojlanishini, tajribasini, hozirgi jamiyatdagi mavqeini о'rganish va о'zlashtirish, yangi asarlar yaratishga yо'naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- san’atning tomosha va musiqa sohalarida xalq va professional ijod bо'yicha о'ziga xos qonuniyatlarni о'rganish, ilmiy-tadqiqot, badiiy-tanqidiy, dramaturgik, adabiy-badiiy, san’atshunoslik-publitsistik asarlarni yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot, badiiy-ijodiy faoliyat vositalari, uslublari va usullaridan foydalanish;

- sahna va ekran san’atlari, xoreografiya va raqs, shuningdek tasviriy va musiqa san’atlari asarlari dramaturgiyasi, janrlari va turlari, spetsifik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishi kerak. San’at asarlarini g'oyaviy – badiiy tahlil qila olish hamda ularni bosma va elektron OAV talablarini hisobga olgan holda umumlashtirish kо'nikmalariga ega bо'lish;

- san’at turlari bо'yicha muammoli maqolalar, ilmiy – ommabop va uslubiy ishlarni yaratish, har xil janrlarga mansub asarlarga taqrizlar yoza olishi;

- keng kо'lamda san’at bо'yicha targ'ibot ishlarini olib borishi;

- arxiv va tarixiy material, davriy materiallarni tо'plash va qayta ishlash malakalariga ega bо'lishi, tanlangan ma’lum mavzu yuzasidan teatr san’ati va dramaturgiya arboblari bilan tadqiqiy suhbatlar о'tkazish, umumlashtirish va о'zining kasbiy faoliyatida foydalana bilish;

-teatrshunoslik;

-sahna va ekran dramaturgiyasi, san’at jurnalistikasi;

-ta’limning didaktik va elektron vositalari;

-o'rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi о'rni va roli.

1. San’atshunoslik: teatrshunoslik
2. San’atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili

 


5150300- AKTYORLIK SAN’ATI (TURLARI BО'YICHA) TA’LIM YО'NALISHI

 AKTYORLIK SAN’ATI5150300-Aktyorlik san’ati (estrada aktyorligi, dramatik teatr va kino aktyorligi, musiqali teatr, qо'g'irchoq teatri aktyorligi) - gumanitar fanlar va san’at sohasidagi ta'lim yо'nalishi bо'lib, u tomosha san’ati asarlarini yaratish (ijod qilish) uchun zarur bо'lgan ijod vositalarini, usullari va yо'nalishlari majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- dramatik, musiqali, qо'g'irchoq teatrlari aktyori; estrada xonandaligi; opera, operetta, sirk, filarmoniya ijrochiligi; maqom ijrochiligi; konferansye, badiiy sо'z ustasi, kinofilm, videofilm, teleradio spektakllari, maydon tomoshalari ijrochiligi;

- teatr san’ati, kino san’ati, maydon tamoshalari mutaxassisliklari bо'yicha ijodkor pedagoglik faoliyati;

- jahon va milliy aktyorlik san’ati, estrada yо'nalishlari va maydon tomoshalarining nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish;

- aktyorlik mahorati;

- sahna harakati va jangi;

- sahna nutqi;

- ta’limning didaktik va elektron vositalari;

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimidagi о'rni va roli.

1. Aktyorlik san’ati: dramatik teatr va kino aktyorligi
2. Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi
3. Aktyorlik san’ati: qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi

 


5150400– REJISSYORLIK (TURLARI BО'YICHA) TA’LIM YО'NALISHI

 REJISSYORLIK5150400-Rejissyorlik (dramatik teatr, qо'g'irchoq teatri, estrada va ommaviy tomoshalar, televideniye va radio, musiqali teatr rejissyorligi) - gumanitar fanlar va san’at sohasidagi ta’lim yо'nalishi bо'yicha sahnaviy ijod uchun zaruriy vositalar, usul va uslublardan foydalangan holda teatr, kino, televideniye, radio, ommaviy tadbirlar, teatrlashtirilgan tomosha san’ati asarlarini yaratish uchun zarur bо'lgan ijod vositalarini, usullari va yо'nalishlari majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- rejissyorlik (dramatik teatr rejissyorligi) ta’lim yо'nalishi bо'yicha bakalavr–umumkasbiy, ijodiy, maxsus ixtisosiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni о'zlashtiradi:

- dramatik teatr san’ati, xalq bayramlari, sayllar, estrada tomoshalari, konsertlar, festival va kо'rik- tanlovlar rejissyorligi;

- televideniye, radio, ommaviy konsert dasturlari, konsertlar, estrada tomoshalari va h.k.;

- milliy va jahon teatrlari, kino va telvideniye hamda radio san’ati, ommaviy bayramlar, xalq sayillari, maydon tomoshalari va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish;

- rejissura, rejissura tarixi;

- aktyorlik san’ati, sahna nutqi;

- rejissura va senografiya;

- ta’limning didaktik va elektron vositalari;

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimidagi о'rni va roli.

1. Rejissyorlik: estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi
2. Rejissyorlik: kino va televideniye rejissyorligi

 


5151800 - SAN'ATDA ANIMATSIYA VA MULTIMEDIYANI LOYIHALASH

 SAN'ATDA ANIMATSIYA VA MULTIMEDIYANI LOYIHALASHTIRISH 5150500 - San’atda animatsiya va multimediyani loyihalash - san’at va madaniyat sohasidagi ta’lim yо‘nalishi bо‘lib, u о‘z ichida rassomlik, dizaynerlik, rejissyorlik, kinooperatorlik zamonaviy texnik apparaturalari va qurilmalar, uskunalar hamda zamonaviy maxsus va murakkab kompyuter texnologiyalarining samarali vositalari, animatsion grafik dasturlar bilan ishlash yо‘llari majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- kino tasvir, fotoapparatura va qurilmalar, kompyuter texnologiyalari, dasturiy ta’minotlari, animatsion dasturlar va sohada foydalanishi zarur bо‘lgan kimyoviy elementlar, yoritish uskunalari, foto-kino-sahna dekoratsiyalari, maxsus tasvirga olish, ovoz berish texnik qurilmalaridan (kameralar, videokameralar, sintezatorlar, ovoz yozish texnik vositalari va h.k.) foidalanishni;

- fotopavilyon, tasvirga olish maydoni va studiyalarda, kompyuter texnologiyalarida (Davinci colour correction, AppleMacro, Adobe Photoshop, Corel Draw, Macromedia Flash, 3D Max, Archicad 11) biznes rejani tuzishni;

- kasbiy ta’lim didaktikasi

5150500 - San’atda animatsiya va multimediyani loyihalashtish ta’lim yо‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari - barcha turdagi badiiy filmlar, hujjatli filmlar, ilmiy-ommabop filmlar, turli televizion dasturlar, videofil, seriallar, multfilmlar, multimediyaviy dasturlar va boshka kо‘rsatuvlarni animatsion yechimini aks ettirish, televideniye va radioda texnikaviy xizmatlarni amalga oshirish.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari:

- ilmiy tadqiqot, san’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash, ijodiy, tashkiliy-boshqaruv.

1. San’atda animatsiya va multimediyani loyihalash

 

 


5151500 - KINO-TELEOPERATORLIK TA’LIM YО'NALISHI

 KINO-TELEOPERATORLIK5151500 - Kino-teleoperatorlik - san’at va madaniyat sohasidagi ta’lim yо'nalishi bо'lib, u о'z ichida kinooperatorlik texnik apparatura va qurilmalari, uskunalari hamda zamonaviy asboblaridan foydalanish jarayonidagi ijodkor faoliyatining samarali vositalari, usullari, yо'sinlari, yо'llari majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- fotoapparatura va qurilmalar, shu sohada foydalanish zarur bо'lgan kimiyoviy elementlar, fotografiya qog'ozlari, plyonkalar, yoritish asboblari va uskunalari, foto - kino -sahna dekoratsiyalari, kinotasvirga olish, ovoz berish texnik qurilmalaridan (kameralar, videokameralar, sintizatorlar, ovoz yozish texnik vositalari va h.k.) foydalanishni;

- fotoapparatura va qurilmalar, fotografiya qog'ozlari, plyonkalar, yoritish asboblari va uskunalari, foto - kino -sahna dekoratsiyalari, kinotasvirga olish, ovoz berish texnik qurilmalarini ishlatishni, ularga texnik xizmat kо'rsatishni;

- fotoapparatura va qurilmalar, fotografiya qog'ozlari, plyonkalar, yoritish asboblari va uskunalari, foto - kino -sahna dekoratsiyalari, kinotasvirga olish texnik qurilmalarini ishlatish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tatqiqotlarni о'tkazishni, ishlov berishni;

- fotopavilyon, tasvirga olish maydoni va studiyalarda, tabiat qо'ynida tasvirga olish ishlarini tashkillashtirish, bunday jarayon о'tayotgan muhit xususiyatlarini inobatga olgan holda texnik apparat va moslamalarni ishlab chiqarish texnologiyalari asosida joylashtirish hamda suratga olish jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishni;

- texnikaviy - iqtisodiy kо'rsatkichlarni aniqlashni, biznes rejani tuzishni;

- kasbiy ta’lim didaktikasi;

- kasbiy ta’lim pedagogikasi va tashxis texnologiyasi;

- o'qitishning didaktik vositalari;

- ta’limning elektron vositalari;

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimidagi о'rni va roli.


5151600-XALQ IJODIYOTI (TURLARI BО'YICHA) TA’LIM YО'NALISHI

 XALQ IJODIYOTI5151600-Xalq ijodiyoti (xalq ashula va raqs ansambliga rahbarlik, folklor-etnografik jamoalariga rahbarlik, cholg'u jamoalariga rahbarlik,vokal jamoalariga rahbarlik, ommaviy bayramlar rejissyorligi) - madaniyat, san’at, ta’lim va ijtimoiy sohadagi yо'nalish bо'lib, u о'quv fanlari, vositalari, uslublari va pedagogik faoliyatning usullarini hamda madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan bog'liq ishlarni bajarish uchun mо'ljallangan me’yoriy hujjatlar, didaktik vositalar ta’limning samarali jarayonlarini ta’minlashga yо'naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- an’anaviy va zamonaviy xonandalik hamda sozandalik, milliy folklor ijrochiligi;

- san’at va madaniyat tarixi va nazariyasi;

- О'zbekiston nomoddiy madaniy merosi va uning ijtimoiy hayotdagi о'rni;

- havaskorlik ijodiyoti;

- madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va uning boshqaruvi;

- musiqa sohasida pedagogik faoliyat.

1. Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya
2. Xalq ijodiyoti: asula va raqs

 


5151700 –MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH TA’LIM YО'NALISHI

 MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish - san’at sohasidagi ta’lim yо'nalishi bо'lib, madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish;

- aholining madaniy hordiq chiqarishini tashkil etish;

- madaniyat uylari ish faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish;

- aholining badiiy estetik va intellektual rivojlanishini tashkil etish;

-istirohat bog'larining ish faoliyatini tashkil etish;

- ta’limning didaktik va elektron vositalari;

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi о'rni va roli.

1. Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish

5610400 – IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT

1. Ijtimoiy-madaniy faoliyat