E'lonlar

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2018 yil uchun oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha Qabul e’lon qiladi.

Tayanch doktoranturaga: (ishlab chiqarishdan ajralgan holda о‘qish uchun)

17.00.02 – Teatr san’ati va kino san’ati.Televideniye (1 ta о‘rin)

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (1 ta о‘rin).

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bо‘lganlar qabul qilinadi:

  • magistr darajasiga yoxud oliy ma’lumot tug‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha)ga ega bо‘lganlar;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bо‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnalarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yо‘nalishlar bо‘yicha ikkitadan kam bо‘lmagan ilmiy ishlar tо‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bо‘lganlar.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, yoki oliy ma’lumot ( mutaxasislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada о‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bо‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Mustaqil izlanuvchilik: (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda о‘qish uchun)

17.00.02 – Teatr san’ati va kino san’ati.Televideniye.

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:

  • magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot tug‘risidagi (ixtisoslik bо‘yicha) diplomga ega bо‘lganlar;
  • belgilangan ilmiy maqolalarga ega bо‘lganlar;
  • kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlarga ega bо‘lganlar.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bо‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan sо‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashritish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxasislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashritish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • ilmiy ishlar rо‘yxati va ularning nusxasi;
  • ish joydan tavsifnoma.

Mustaqil izlanuvchikka talabgorlarni tanlab olish 2017 yil 30 noyabrgacha bо‘lgan muddatda ixtisoslik bо‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasiga kо‘ra amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2017 yil 15 sentabrdan 15 oktabrga qadar qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari joriy yil 1 – 25 noyabr kunlari bо‘lib о‘tadi.

Manzil: Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, Yallang‘och mavzesi.

Murojaat uchun telefon:( 0-371) 230-28-03, 230-28-14.