Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

    О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi(bakalavriat va magistratura) bо‘yicha diplom bera oladigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir. 

    Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilning 4 iyundagi N 1771 sonli farmoniga kо‘ra Toshkent davlat  madaniyat instituti va О‘zbekiston davlat san’at  instituti asosida tashkil etilgan. 

    Institut madaniyat va san’at sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ma’lim muassasasi sanaladi. О‘quv yurtda ta’lim jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan. Institutimizning 3 fakulteti va 18 kafedrasida talabalar ta’limning 30 yо‘nalishi va 8 ixtisosligi bо‘yicha tahsil oladilar. Institut aktyorlik mahorati va rejissura, san’atshunoslik va teatrshunoslik, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati, xalq ijodiyoti, madaniyat va san’at muassasalarini boshqaruv kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi. 

    Hozirgi kunda institutda 1600 dan ortiq talaba va magistrant tahsil oladi. Institutda faoliyat yuritayotgan 225 ta о‘qituvchi, shu jumladan 33 nafar professor, 45 nafar dotsent va fan nomzodlari, fan, ta’lim, san’at va madaniyat sohasida xizmat kо‘rsatgan, faxriy unvon egasi bо‘lgan 23 pedagog ta’limning yukori darajada bо‘lishini ta’minlab kelmoqda.

     Zamonaviy informatika texnologiyalari ta’lim jarayonida faol qо‘llanmoqda, multimediyali texnika va dasturiy vositalardan foydalanilmoqda. О‘quv jarayoni madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. 

    Badiiy-ijodiy faoliyat institut hayotida muhim о‘rin tutadi. Institut da tashkil etilgan talabalarning kо‘plab ijodiy jamoa va studiyalari turli festival va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

    Institutda nashr etilayotgan “Ijodiy parvoz” gazetasi saxifalarida talaba va о‘qituvchilarni hayajonga solgan о‘quv yurti hayotidagi voqealar hikoya qilinadi. Institut xalqaro munosabatlar sohasida ham faollashib, xorijiy oliy о‘quv yurtlaridan san’at va madaniyat sohasida yetuk kadrlarni tayyorlashga oid о‘zaro foydali takliflarni kо‘rib chiqmoqda. 

    Talaba va professor-о‘qituvchilar institutning boy axborot-resurs markazidan foydalanib kelmoqdalar. Unda 100 mingdan ziyod adabiyot mavjud. ARM fondida institut professional faoliyatiga doir bо‘lgan nodir va kameb nashrlar ham mavjud.  Institutda elektron ta’lim resurslarini yaratish bо‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

     Institut qoshida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyat yuritmoqda. Markazning maqsadi san’at va madaniyat sohasidagi о‘rta-maxsus va oliy о‘quv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdir. 

    Yangi binolarning qad kо‘tarishi va eski о‘quv binolarining ta’mirlanishi natijasida institut о‘ziga xos о‘quv shaharchasiga ega bо‘ldi. Shaharcha hududida ijodiy ustaxonalar, о‘quv teatri va axborot-resurs markazi qad kо‘tardi. Bundan tashqari institut hududidan о‘quv binosi, administratsiya binosi, talabalar turar joylari, sport majmuasi, yopiq basseyn, ochiq sport maydonchalari о‘rin olgan.

    О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ta’limning an’anaviy va innovatsion uslublarini mohirona qо‘llab kelayotgan faol rivojlanayotgan navqiron oliy о‘quv yurtidir.

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа