Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

Joriy yilning 30-noyabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “PROlogue” yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III festivali g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bо‘lib о‘tdi.

О‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “О‘zbekkino” Milliy agentligi, Yosh ijodkorlar kengashi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida о‘tkazilgan mazkur kinohaftalik yorqin va rang-barang tadbirlarga, ijodiy uchrashuv va muloqotlarga boy bо‘ldi. Tadbirda yoshlar kamoloti yо‘lida kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rlik hayot yо‘lini kino san’ati bilan bog‘lagan yoshlar faoliyatida ham yaqqol aks etayotgani ta’kidlandi. Kinohaftalik dasturidan о‘rin olgan fotokо‘rgazmalar, ilmiy amaliy anjumanlar, davra suhbatlari kо‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, tajribali rejissyorlar ishtirokida bо‘lib о‘tgan “Mahorat saboqlari”da yoshlar badiiy g‘oyaviy jihatdan mukammal film, ssenariynavislik, zamon qahramonini ekranda aks ettirish, adabiyot va milliy kinematografiya uyg‘unligi bugungi globallashuv davrida kinoijodkorning vazifasi kabi mavzularda о‘z bilimlarini yanada boyitdi.

Yoshlar taqdim etgan yuzga yaqin film orasida saralash komissiyasi tomonidan eng muvaffaqiyatli deb topilgan 15 ta kartina festivalga taqdim etilgan edi. Haftalik dasturidan о‘rin olgan ushbu filmlar festival hakamlar hay’ati tomonidan batafsil tahlil etildi.

Festivalda “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasida Hasan Alijonov “Akvarium” filmi uchun g‘olib deb topildi. Maftuna Alloqulovaning “Xorazm – jonginam” kartinasi “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida muvaffaqiyat qozondi. “Eng yaxshi operatorlik ishi uchun” nominatsiyasi bо‘yicha g‘oliblik “Limuzin” filmi tasvirchisi Baxtiyor Otaboyevga berildi. “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi “Ustunsiz uy” filmidagi ijrosi uchun Fotih Nasimov, “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi bо‘yicha “Dilemma” kartinasidagi roli uchun Oyparcha Abdullayeva g‘olib bо‘ldi.

Festivalning bosh sovriniga – “Eng yaxshi qisqa metrajli film” nominatsiyasida Muxlisa Azizova “U” kartinasi uchun munosib deb topildi.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. San’at ustalari va ijroji yoshlar ishtirokidagi konsert kechaga о‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Biz uchun eng quvonarlisi shuki, yuzlab yoshlar orasidan ushbu mukofotga munosib deb topilgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ijodkor talabasi Fotih Nasimovning borligi bizni yanayam ruhlantirdi. Biz g‘olib tengdoshimiz Fotih Nasimovning bundan keyingi о‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shuningdek, mazkur dargohimizni tugatib ketgan iste’dodli yosh rejissyor Hasan Alijonovning ketma-ket 2 yil davomidagi g‘oliblik shohsupasiga chiqishi ham barcha talabalarga ibratdir. Bunda albatta, institutning mas’uliyatli, о‘ta bilimli, jonkuyar fidoyi professor-о‘qituvchilarining xizmatlari beqiyos.

“Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi, Matbuot klubi sardori Muharram BOZOROVA

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа