Chop etish 
кулинарные рецепты
советы красоты

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalar turar joyining 2 binosida 182 nafar talaba qizlar istiqomat qiladi. Turli yо‘nalish talaba qizlarining bir oila bо‘lib yashashlari uchun yotoqxonada barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Bu esa ularning bilim olishlari bilan birga, tо‘kis yashashlariga rag‘bat va e’tiborning cheksizligidan dalolatdir.

Kuni kecha institutimiz rektori professor Yuldashev Ibroxim Jurayevich, hamda Moliyaviy ishlar prorektori Usanov Zafar Beknazarovich birgalikda talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar xolidan xabar olishdi.

Har bir xona shart-sharoiti, talabalar bilan dildan suhbat qurib ularning muammolari, takliflari о‘rganildi. Ayniqsa, talabalar turar joyida tashkil etilgan kutubxona kitoblar, ularning ta’minlanganlik darajasini kuzatar ekanlar, talaba qizlar bilan dildan suhbat olib bordilar.

Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlarini qay darajada о‘zlashtirganliklari bilan tanishib, ularga bu borada takliflar ham berib о‘tdilar. Jumladan, kutubxonada badiiy adabiyotlarning kо‘paytirilishi, kо‘proq Alisher Navoiy ijodini о‘rganish, ta’kidlab о‘tildi.

Talabalar turar joyidagi bu kabi qulay sharoitlardan xursand bо‘lgan talaba qizlar Vatan ravnaqi yо‘lida о‘qib, izlanib hissasini qо‘shishlarini tilga olishdi.

Institut Xotin-qizlar qо‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Isokova

Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа