Institutimiz
Здание творческих мастерских
Мастерские, оснащенные современной техникой
Хореографические мастерские
Здание творческих мастерских
Учебный театр
Учебный театр
Учебный корпус
Учебный корпус
Информационно-ресурсный центр
Богатый фонд к услугам студентов
Административный корпус
Созданы все условия для учебы

Bugun Islom Karimovning muborak 80 yillik tavalludini yurtimizda keng nishonlamoqdamiz. Bu qutlug‘ yoshning xotirasi necha-necha qalblarda nurafshon qiyofasi, pok ismi bilan abadiy saqlanib turibdi. Shaxs taqdiri, ibratli hayoti, murakkab fe’l-atvori, sof milliy va zamonaviy dunyoqarashi mamlakatimizni bugun jahonda rivojlanayotgan hech qaysi mamlakatdan kam bо‘lmagan darajaga olib keldi. Kunikecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida Buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tavallud xotirasiga bag‘ishlangan “Ardog‘imiz Sizga mangudir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir kechasi bо‘lib о‘tdi.

Batafsil...

Mustaqil О‘zbekistonimizda bugun qator islohotlar, turli о‘zgarishlar rо‘y berayotgan davr kechmoqda. О‘zbek milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy-g‘oyaviy jihatdan yuksak filmlar yaratish hamda sohada yetuk va malakali kadrlar yetishtirish singari qator islohotlar kundan-kunga avj olib borayotir. Bu yо‘lda, “О‘zbekkino” Milliy agentligi qoshida yangi “Multiplikatsion filmlar” studiyasining tashkil etilishi hamda mustaqil faoliyatining yо‘lga qо‘yilganligi e’tiborga molikdir. Jumladan, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida sohada milliy kadrlar tizimini kengaytirish, mavjud islohotlar kо‘lamini yanada oshirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar asosida ishlar boshlab yuborilgan. Kunikecha institutning “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi qoshidagi “San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash” mutaxassisligi talabalarining qisqa metrajli filmlari hamda katta ijodiy fotokо‘rgazma namoyishi bо‘lib о‘tdi.

Batafsil...