Институт
Здание творческих мастерских
Мастерские, оснащенные современной техникой
Хореографические мастерские
Здание творческих мастерских
Учебный театр
Учебный театр
Учебный корпус
Учебный корпус
Информационно-ресурсный центр
Богатый фонд к услугам студентов
Административный корпус
Созданы все условия для учебы

Ona Vatanni asrash, xalq tinchligi yо‘lida kurashish, asrlarga teng ijod orqali kо‘ngil hislarini tarannum etishdek ulug‘ ishlar ortida buyuk siymolarning halol mehnatlari, chekkan zahmatlari, qanchadan-qancha tunlarning bedorligi yotibdi. 14 fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida shunday ulug‘ ishlarni amalga oshirgan buyuk bobomiz, о‘zbek mumtoz adabiyotining dilbar vakili, tarixchi olim, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining muborak 535 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur bо‘stoni – dillar gavhari” nomli adabiy-badiiy kecha bо‘lib о‘tdi.

Подробнее...

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan turli yо‘nalishlarni qamrab olgan oldindagi qator vazifalar tabdili ishlab chiqildi. Unga kо‘ra, birinchidan, har bir professor-о‘qituvchining 2018-2020 yillarga mо‘ljallangan ilmiy-ijodiy faoliyati bо‘yicha “Shaxsiy yо‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Mazkur xaritaga kо‘ra, asosan, uch yо‘nalishda ish olib boriladi. Birinchi yо‘l – ijodkor professor-о‘qituvchilarning davlat mukofotlari va faxriy unvonlarini olish rejasi, ikkinchi yо‘l – professor-о‘qituvchilar о‘quv qо‘llanma, darsliklar yaratish orqali dotsent ilmiy darajasiga ega bо‘lishi, uchinchi yо‘l esa, haqiqiy ilm yо‘li bо‘lib, bu PhD, Dsc tizimdagi falsafa doktori darajasini olish yо‘li hisoblanadi. Har bir professor-о‘qituvchi о‘z iqtidoridan, ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, mana shu uch yо‘lning birini tanladi.

Подробнее...